Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
12-rasm. Avtomobillarni ta’mirlash postlari
Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek, ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrik tallar bilan jihozlanadi va ko’chma domkratlar bilan ta’minlanadi. Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshik, qanot, bamperlar va h.k.) to’g’rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi. Postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari, maxsus ta’mirlash-tiklash ustaxonalarda bajariladi. ASKlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bog’liqdir. 6. Motor, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko’priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig’ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va h.k.larga turli xildagi mexanik, elektrogalьvanik, chilangarlik kabi ishlovlar berish yoki almashtirish va sinash ishlari agregatlarni ta’mirlash va mexanika uchastkasida bajariladi. 13-rasm. Agregatlarni ta’mirlash va mexanika ustaxonasi. 7. Akkumulyatorlar batareyasiga TXK va ta’mirlash, zaryadkasini maromiga yetkazish yoki ular ta’mirlangandan so’ng yangidan zaryadlash, distillangan suv va elektrolit tayyorlash ishlari akkumulyator ustaxonasida bajariladi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi korpusi avtomarkazlar, yirik ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda almashtiriladi yoki mastika quyib tuzatish, plastinka va separatorlarini almashtirish, qo’rg’oshinli setka va klemmalarini qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi. 8. SHinalar bo’yicha ajratish-yig’ish, havo bosimini nazorat qilish, muvozanatlash, kamerani va mayda jarohatlangan shinalarni ta’mirlash hamda tashqi nazorat qilish ishlari shinalarni ta’mirlash ustaxonasida bajariladi. SHinalarni ajratish-yig’ish ishlari shina o’z muddatini o’tab bo’lgandan so’ng yoki kamera teshilganda bajariladi. Yig’ilgan shina me’yoriy havo bosimigacha damlanadi. Havo bosimini nazorat qilish har bir TXKda bajariladi. Yuk avtomobillar va avtobuslar shinalarini damlash paytida, zanjir halqasi chiqib ketib ishlovchini jarohatlashi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, ular maxsus metall qafaslarda damlanadi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling