Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

14-rasm. SHinalarni ta’mirlash ustaxonasi
9. Elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari, va
h.k.) va boshqa nazorat-o’lchov asboblarini tekshirib ko’rish va zarurat bo’lganda ta’mirlash ishlari
elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu
jihozlarning nosozligini avtomobillarning o’zida ta’mirlash postlarida tozalash, qotirish va sozlash ishlari
bilan bartaraf etilishi iloji bo’lmagan hollardagina ustaxonaga keltiriladi. Ta’mirlashga keltirilgan
avtomobil jihozlari avval maxsus stendlarda tekshirilib ko’rilib, so’ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi,
tozalanadi, so’ngra quritiladi va saralanadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi,
ba’zilari ta’mirlanadi va yana yig’ilib sinab ko’riladi.
10. Benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratish, yuvib tozalash, yaroqsiz detallarini
almashtirish, qaytadan yig’ish, yaroqliligini tekshirib va sinab ko’rish ishlari yonilg’i bilan ta’minlash
jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi.
15-rasm. Yonilg’i bilan ta’minlash apparatlarini ta’mirlash ustaxonasi.
11. Avtoxalokat yoki zanglash, charchash yoki eskirish natijasida shikastlangan kuzovlar
kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanadi. Ushbu ustaxona avtoservis korxonasidagi barcha
ustaxonalardan eng kattasi bo’lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi ko’p vaqtni talab etadi.
SHuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan ko’p bo’ladi.
Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga
ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi. Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab
chiqarish uchastkalaridan,
chunonchi:


-tunukasozlik;
-bo’yashga tayyorlash;
-bo’yash va quritish;
-armaturalarni ta’mirlash majmuidan iborat.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling