Avtotransport vositalari servisi asoslari
-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti 7-rasm
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-rasm.
6-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti
7-rasm. Avtomobillarni kompьyuterli diagnostikalash 8-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatilish burchaklarini sozlash posti Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo’lib, uni bilib qo’llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va sifat, ish unumi oshadi, eng muhimi avtomobillar texnik holati yaxshilanadi. 4. TXK, ya’ni profilaktik, to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimoli oldini olish ishlari texnik xizmat ko’rsatish postlarida bajariladi. Ma’lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-mahkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib, kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaharliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir. 9-rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash postlari. 10-rasm. Motor moylarini almashtirish posti 11-rasm. Tizimlarni texnik suyuqliklar bilan ta’minlash posti 5. Joriy ta’mirlash, ya’ni avtomobillar agregat, uzel va tizim qismlarida sodir bo’lgan buzilishlar, nosozliklarni tuzatish ishlari ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlarida bajariladi. Ko’p hollarda bu buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo’lmaydi, buning uchun nosoz agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Ta’mirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko’targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilning ko’tarilishi va uning ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, alangalatish chaqmog’i yoki karbyuratorni almashtirish maxsus ajratilgan oddiy postlarda bajarilishi mumkin. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling