Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti 7-rasm


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

6-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti
7-rasm. Avtomobillarni kompьyuterli diagnostikalash


8-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatilish burchaklarini sozlash posti
Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy
vositasi, usuli bo’lib, uni bilib qo’llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va sifat, ish unumi oshadi, eng muhimi
avtomobillar texnik holati yaxshilanadi.
4. TXK, ya’ni profilaktik, to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir
bo’lishi ehtimoli oldini olish ishlari texnik xizmat ko’rsatish postlarida bajariladi. Ma’lumki, bu ishlar
qarov-nazorat, qotirish-mahkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib,
kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar,
estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi
g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaharliligini me’yoriga
keltirishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni
bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir.
9-rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash postlari.
10-rasm. Motor moylarini almashtirish posti


11-rasm. Tizimlarni texnik suyuqliklar bilan ta’minlash posti
5. Joriy ta’mirlash, ya’ni avtomobillar agregat, uzel va tizim qismlarida sodir bo’lgan buzilishlar,
nosozliklarni tuzatish ishlari ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlarida bajariladi. Ko’p hollarda bu
buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo’lmaydi, buning uchun nosoz
agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi.
Ta’mirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko’targichlar yoki
estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilning ko’tarilishi va uning ostida
ish bajarish talab etilmaydi, masalan, alangalatish chaqmog’i yoki karbyuratorni almashtirish maxsus
ajratilgan oddiy postlarda bajarilishi mumkin.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling