Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
14-rasm. SHinalarni ta’mirlash ustaxonasi
9. Elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari, va h.k.) va boshqa nazorat-o’lchov asboblarini tekshirib ko’rish va zarurat bo’lganda ta’mirlash ishlari elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu jihozlarning nosozligini avtomobillarning o’zida ta’mirlash postlarida tozalash, qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishi iloji bo’lmagan hollardagina ustaxonaga keltiriladi. Ta’mirlashga keltirilgan avtomobil jihozlari avval maxsus stendlarda tekshirilib ko’rilib, so’ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so’ngra quritiladi va saralanadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, ba’zilari ta’mirlanadi va yana yig’ilib sinab ko’riladi. 10. Benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratish, yuvib tozalash, yaroqsiz detallarini almashtirish, qaytadan yig’ish, yaroqliligini tekshirib va sinab ko’rish ishlari yonilg’i bilan ta’minlash jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. 15-rasm. Yonilg’i bilan ta’minlash apparatlarini ta’mirlash ustaxonasi. 11. Avtoxalokat yoki zanglash, charchash yoki eskirish natijasida shikastlangan kuzovlar kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanadi. Ushbu ustaxona avtoservis korxonasidagi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo’lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi ko’p vaqtni talab etadi. SHuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan ko’p bo’ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi. Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan, chunonchi: -tunukasozlik; -bo’yashga tayyorlash; -bo’yash va quritish; -armaturalarni ta’mirlash majmuidan iborat. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling