Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

12-rasm. Avtomobillarni ta’mirlash postlari
Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek, ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrik tallar bilan
jihozlanadi va ko’chma domkratlar bilan ta’minlanadi. Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining
shikastlangan elementlarini (eshik, qanot, bamperlar va h.k.) to’g’rilashga yoki tekislashga,
payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi
stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi. Postlarda
bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari, maxsus ta’mirlash-tiklash
ustaxonalarda bajariladi. ASKlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik
ishlar hajmiga bog’liqdir.
6. Motor, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko’priklar, reduktor, rul mexanizmlari
va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig’ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va
h.k.larga turli xildagi mexanik, elektrogalьvanik, chilangarlik kabi ishlovlar berish yoki almashtirish va
sinash ishlari agregatlarni ta’mirlash va mexanika uchastkasida bajariladi.
13-rasm. Agregatlarni ta’mirlash va mexanika ustaxonasi.


7. Akkumulyatorlar batareyasiga TXK va ta’mirlash, zaryadkasini maromiga yetkazish yoki ular
ta’mirlangandan so’ng yangidan zaryadlash, distillangan suv va elektrolit tayyorlash ishlari akkumulyator
ustaxonasida bajariladi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi korpusi avtomarkazlar, yirik
ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda almashtiriladi yoki mastika quyib tuzatish,
plastinka va separatorlarini almashtirish, qo’rg’oshinli setka va klemmalarini qalaylash, kavsharlash bilan
ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi.
8. SHinalar bo’yicha ajratish-yig’ish, havo bosimini nazorat qilish, muvozanatlash, kamerani va
mayda jarohatlangan shinalarni ta’mirlash hamda tashqi nazorat qilish ishlari shinalarni ta’mirlash
ustaxonasida bajariladi. SHinalarni ajratish-yig’ish ishlari shina o’z muddatini o’tab bo’lgandan so’ng
yoki kamera teshilganda bajariladi. Yig’ilgan shina me’yoriy havo bosimigacha damlanadi. Havo
bosimini nazorat qilish har bir TXKda bajariladi. Yuk avtomobillar va avtobuslar shinalarini damlash
paytida, zanjir halqasi chiqib ketib ishlovchini jarohatlashi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini
olish maqsadida, ular maxsus metall qafaslarda damlanadi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling