Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar. Reja
- Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish bo’linmalari va ixtisoslashgan ustaxonalari
Nazorat savollari
1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari sifati qanday omillarga bog’liq? 2. Avtoservis ma’daniyati nima? 3. Avtoservis sifatini belgilovchi qonun, standart, talablar nimalardan iborat? 4. Avtoservis sifatini ta’minlovchi qanday texnik texnologik hujjatlar mavjud? 5. Ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash chora-tadbirlari nimalardan iborat? 6. Xalqaro ISO standartining mohiyati nimadan iborat? 5-mavzu. Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar. Reja: 2. Avtomobillarni tozalash, yuvish va quritish, qabul qilish va egasiga topshirish, diagnostika texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash postlari. 3. Kuzovlarni ta’mirlash, tanlash va bo’yash bo’limlari. 4. Avtomobillar agregatlari, detallari, yonilg’i bilan ta’minlash, elektr va elektron jihozlari, shina va g’ildiraklari va akkumulyatorini ta’mirlovchi ustaxonalarda bajariladigan ishlar. 5. Yordamchi bo’limlar: ombor-xo’jalik, elektro-issiqlik, suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash tizimi. 6. Mijozlar uchun xonalar:kutish, bar, kafe, maishiy xizmat xonalari. 7. Savdo-tijorat shoxobchalari: sotiladigan avtomobillar, extiyot qismlar omborlari, do’konlar, avtosalonlar. Tayanch iboralar. Tozalash, yuvish, qabul qilish, egasiga topshirish, diagnostika, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, kuzov, bo’yash, agregat, detal, tarmoq, yelektr, yelektronika, shina, yurish qismi, g’ildirak, akkumulyatorlar batareyasi, ustaxona, mintaqa, omborxona, ehtiyot qismlar, maishiy xizmat, do’kon, avtosalon. Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish bo’linmalari va ixtisoslashgan ustaxonalari Avtomobillarga to’la ravishda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish bo’linma va ustaxonalar tashkil etiladi: -avtomobillarni yuvish va quritish; -avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish; -maxsus diagnostika; -texnik xizmat ko’rsatish postlari; -ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlari; -kuzov elementlari (eshiklar, kapotlar, bamperlar va h.k.)ni ta’mirlovchi postlar; -avtomobil, agregat, asbob va jihozlarini ta’mirlovchi maxsus ustaxonalar (agregatlar, uzel va detallarini ta’mirlovchi; g’ildiraklar va shinalarga xizmat ko’rsatuvchi; akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadka qiluvchi; elektr jihozlariga xizmat ko’rsatuvchi; motorning yonilg’i ta’minlash tizimi asboblari: karbyurator, ijektor, benzonasos va h.k.ga xizmat ko’rsatuvchi; kuzovni ta’mirlash kompleksi: tunukasozlik, payvandlash, armatura, bo’yashga tayyorlash, bo’yash va quritish va boshqalar. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonasi ishlab chiqarish binosining tarkibiy qismi 5.1- rasmda sxematik ko’rinishda keltirilgan. ASK ishlab chiqarish texnologik jarayonini to’g’ri tashkil etish maqsadida barcha postlar (avtomobil turar joylari) maxsus belgi (indeks)larga ega. Indekslarning birinchi raqami (nuqtagacha) ushbu postning qaysi mintaqaga tegishliligini bildirsa, ikkinchi raqam (nuqtadan so’ng) postning turini bildiradi: 0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 1-qo’zg’almas ko’tarish eltish jihoziga ega bo’lgan ishchi posti; 2-er usti ishchi posti; 3-yordamchi post; 4-tormoz tizimini tekshirish jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 5-boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post; 6-yoritish va signalizatsiya, shu jumladan dvigatel va uning tizimlarini tekshirish jihozlariga ega bo’gan ishchi post (quvvat jihozi o’rnatilishi ham mumkin). Post va ishlab chiqarish mintaqalari quyidagi indekslar bilan belgilanadi (5.1-rasm): 1-qabul qilish va topshirish mintaqasi; 1.3-nazorat, qabul va topshirish posti (yordamchi post); 2-yuvish bo’limi; 2.1- yuvish posti (ishchi); 2.3-quritish posti (yordamchi); 3-diagnostika bo’limi; 3.4-tormoz tizimini tekshirish jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 3.5- boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post; 3.6-dvigatel, uning tizimlari va yoritish va signalizatsiya asboblarini tekshirish ishchi posti (quvvat jhoziga ega bo’lishi ham mumkin); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling