Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtoservis sifatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan texnik-texnologik hujjatlar
2-rasm. Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash bo’yicha buyurtma
1. Avtomobilning ta’mir talabligini aniqlash uchun uning _______ soat ________ min holatini ko’zdan kechirish 2.Jihozlar bilan diagnostikalash 3. Avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) 4. Joriy ta’mirlash (JT) 5. Dvigatelni ta’mirlash 6. Elektr jihozlarini ta’mirlash 7. Kuzov ishlarini bajarish 8. Boshqa ishlar Buyurtmachidan qabul qilingan material va ehtiyot qismlar JT va TXKga kelish vaqti: Avtoservis sifatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan texnik-texnologik hujjatlar Avtomobillarga TXK va ta’mirlash xizmati sifatini ta’minlash maqsadida avtmobilsozlik kompaniyalari o’z avtomobillari bo’yicha zarur bo’lgan barcha texnik-texnologik hujjatlarni o’z vaqtida tayyorlab, xaridorlarga, avtoservis korxonasi dilerlariga yetkazib beradi. Bu hujjatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: - avtomobillarning har qaysi rusumlari uchun “Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha zavod rahbariy Yo’riqnomasi”; - “Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bo’yicha Yo’riqnoma”; - “Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish Yo’riqnomasi”; - “Avtomobilning servis daftarchasi”; - “Kafolatli xizmat to’g’risida Nizom”; - “Engil avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizom”; - “Ehtiyot qismlar katalogi”; - TXK va ta’mirlash ishlarini bajarishga texnologik xaritalar va boshqalar. “Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha zavod rahbariy Yo’riqnomasi” zavodning vakolatlik huquqiga ega bo’lgan dilerlariga mo’ljallangan bo’lib, unda avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi va agregat, qism hamda detallarni ta’mirlash haqida to’liq ma’lumotlar keltirilgan. “Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bo’yicha Yo’riqnoma” quyidagilarni o’z ichiga oladi: - kirish; - avtomobil bilan tanishish; - avtomobil xavfsizligi tizimi; - avtomobil tavsifi; - avtomobilni boshqarish; - favqulodda holatlardagi xarakat; - texnik xizmat ko’rsatish; - mijozlar uchun ma’lumotlar; - avtomobilning texnik tavsifi. “Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish Yo’riqnomasi” avtomobilsozlik firmalarining o’z dilerlariga xizmatni tashkil etish bo’yicha bergan yo’riqnomasidan iborat. “Avtomobilning servis daftarchasi”da avtomobilsozlik kompaniyasining kafolat majburiyatlari haqida to’liq ma’lumotlar keltirilib, xizmat ko’rsatish bo’yicha yo’llanma va TXK amallarining bajarilganligi haqida belgi keltiriladi. “Kafolatli xizmat to’g’risida Nizom”, “Engil avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizom” da avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha me’yorlar, qoidalar va talablar keltirilgan. “Ehtiyot qismlar katalogi”da agregat, uzel va detallarning katalog raqamlari, hamda rasm va sxemalari keltiriladi. ATXKSlarda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha barcha amallarning asosini texnologik karta tashkil qiladi, ya’ni barcha amallar ilgaridan tuzilgan kartalar bo’yicha bajariladi. Texnologik karta – bu avtomobil yoki uning agregatlari, uzellariga bo’ladigan ta’sirlarning barcha turlari va ketma-ketligi, ularni bajarish uchun kerak bo’ladigan jihoz, uskuna va asboblar, bajaruvchilar malakasi, mehnat xajmi va amal qilinishi zarur bo’lgan texnik talablar keltirilgan hujjatdir (8.3-rasm). Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallar sifatining muvofiqligi haqida hujjatlarga ega bo’lishi lozim. Ehtiyot qism va materiallarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo firmalari va ulardan chakana haridorlar oladilar. Qadoqlangan ehtiyot qismda sifat standartiga muvofiqligi haqidagi belgi, tovar nomi, ishlab chiqaruvchi mamlakat, shtrixli kod va boshqa ma’lumotlar bo’lishi kerak. 3-rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash bo’yicha texnologik karta Avtotransport vositalariga TXK va ta’mirlashda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallarni tekshirganda ularga ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan pasport, sertifikat yoki yorliqning amaldagi talablarga mosligi aniqlanadi. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlarni sertifikatlash jarayonida ularning xavfsizlikni ta’minlash, tabiatni muxofaza qilish va boshqa ekologik talablar bajarilishi nazorat qilinadi.Ixtiyoriy sertifikatlash talabgorning tashabbusi bilan xizmatning barcha turlari yoki uning ayrimlari bo’yicha o’tkazilishi mumkin. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling