Avtotransport vositalari servisi asoslari


Ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash chora-tadbirlari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash chora-tadbirlari
Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda
ko’rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilingan holda bajarilsagina sifatli
bo’ladi.
TXK va ta’mirlash sifati quyidagi omillarga bog’liq:
1. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
2. Moddiy-texnika ta’minoti;
3. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
4. Metrologik ta’minot;
5. Xizmat sifatiga bo’lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish;
6. Xizmatni baholashdan o’tkazish (sertifikatsiya);
7. Xizmat sifatini yaxshilashni rag’batlantirish;
8. Xizmat sifatini boshqarishni huquqiy ta’minlash;
9. Davlat tomonidan davlat standartlarining joriy etilishi va unga rioya qilinishini, texnik shartlarni,
texnik o’lchov vositalari holatini nazorat qilish;
10. Xizmat sifatini muassasalar tomonidan nazorat qilish;


11. Tizimni ma’lumot (axborot) bilan ta’minlash.
SHu ko’rsatilgan barcha amallarni xisobga olgan holda korxonada ishlab chiqarish standartlari
tuziladi va ularda o’z yo’nalishlari bo’yicha bajariladigan tadbirlar, bajaruvchi bo’limlar va ijrochilar aniq
ko’rsatiladi. Avtoservis xizmatida sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va
avtomobil egalari-mijozlarga ko’rsatiladigan xizmat sifatidan iboratdir.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash. Bu jarayonda hamma ishlab chiqarish uchastkalari va
muvofiq xizmatlar kerakli hujjatlar bilan ta’minlanishi kerak.
Jumladan, texnologik hujjatlar holatini tekshirishda quyidagilar hujjat aniqlanadi;
- texnologik hujjatlarning transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash me’yorlari va
talablariga muvofiqligi;
- texnologik hujjatlarning texnik talablariga muvofiqligi.
Texnologik tartibga rioya qilish tartibi tekshirish jarayonida esa quyidagilar mavjudligi aniqlanadi:
- har bir ish joyida texnologik kartalar, instruktsiya, avtomobillarga TXK va T ishlarini bajarishdagi
ko’rsatmalar;
- ishlab chiqarish uchastkalarini nazorat va sinash, diagnostik jihozlar, o’lchash vositalari;
- mavjud texnologik jixozlarni rejali ta’mirlash jadvaliga amal qilinishi;
- TXK va T ishlarini ishchilar tomonidan texnologik xujjatlar yo’riqnomasiga asosan bajarilishi.
Moddiy-texnika ta’minoti. Xizmatining sifati moddiy-texnika ta’minoti holatiga bog’liq bo’lib,
unga zamonaviy jihozlar, qurilmalar, asbob-uskunalar ishlatilishi, mehnatni tashkil qilish va
rag’batlantirishning maqbul shaklidan foydalanishi, ta’mir vaqtida sertifikatlangan ehtiyot qism va
agregatni qo’llanishi orqali erishiladi. Bunda katta e’tibor ishlab chiqarish mintaqa va ustaxonalarini
“Avtoservis korxonalari uchun texnologik jixozlar ro’yxati”dagi eng zamonaviy sinov-nazorat, o’lchash
va diagnostikalash jixozlarining va mexanizatsiyalashgan texnologik vositalarining qo’llanishiga,
texnologik jihozlarning va qurilmalarning rejaviy-ogohlantiruvchi tartib asosida ta’mirdan chiqarishga
qaratilgan bo’lishi lozim.
Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish xizmat ko’rsatish sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy murakkab jihoz va elektronika bilan ta’minlangan
avtomobillarga xizmat ko’rsatish yuqori malakali, maxsus ma’lumotga ega bo’lgan kadrlarni taqazo etadi.
Avtoservis xizmati bozori rivojlanishi bo’yicha dunyo amaliyoti avtoservis korxonalarining mutlaq
ko’pchiligida oliy ma’lumotli xodimlar ishlashini ko’rsatadi. “Ishni bajarish va xizmat ko’rsatishni
baholash” ishni va xizmatni bajaruvchining malakasi bilan o’lchanadi. Uni aniqlashda quyidagilarga
e’tibor beriladi:
- bajaruvchining malakasi, ish tajribasi va boshqa tavsiflarining me’yoriy texnik hujjatlarda belgilangan
talablarga mosligi (diplomi, razryadi, mehnat daftarchasi, malakasini oshirganligi haqida sertifikatlar va
boshqalar);
- texnologik va me’yoriy hujjatlarni, ishlab chiqarishning metrologik ta’minotini bilishi;
- xizmat ko’rsatish malakasi;
- yangi jihozlar bilan ishlay olish imkoniyati va boshqalar.
Servis bo’yicha texnologik amallarni bajarishda ishning murakkabligiga qarab, har-xil razryadli
ishchilar va mutaxassislar jalb qilinadi. Ularning malakalari muntazam oshirib borilishi va ular vaqti-
vaqti bilan qayta tayyorlash kurslarida o’qishlari lozim.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling