Avtotransport vositalari servisi asoslari
-rasm. Extiyot qismlar savdo do’koni 25-rasm
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Avtoservis korxonalarining yordamchi bo’limlari
24-rasm. Extiyot qismlar savdo do’koni
25-rasm. Avtosalonlar Mijozlarga yanada ko’proq qulayliklar yaratish maqsadida avtosavdo salonlari yonida tijorat banklari bo’limlari tashkil qilinadi. 3. Avtoservis korxonalarining yordamchi bo’limlari Avtomarkazlar va ASKlarda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi elementlardan biri ombor xo’jaligidir. Uni barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari asosida tashkil etish, ayniqsa, muhimdir. Ombor xo’jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq bo’ladi. Avtomarkaz va ASKlarning omborlarida quyidagi zaxiralar saqlanadi: - sotiladigan avtomobillar; - avtomobillarga ehtiyot qismlar; - almashtiriladigan (yangi va ta’mirlangan), almashilgan avtomobillar agregatlari va uzellari; - ta’mirlash materiallari (lok-bo’yoqlar, elektrodlar, kislorod ballonlari, kislotalar, karbidli bochkalar, turli metallar va h.k.); - yonilg’i-moy materiallari; - asbob-uskunalar; - shinalar; - avtomobillarning turli xil ashyolari. Avtomobillar, ehtiyot qismlar va materiallarning ishlab chiqarishga sarflanadigan va sotiladigan qismlari uchun alohida omborlar yoki umumiy zaxira omborlarini tashkil etish mumkin. Omborlarni loyihalash saqlanadigan ehtiyot qismlar va materiallarning xillari bo’yicha zaxiralar miqdori asosida amalga oshiriladi. Materiallarning xillari bo’yicha to’g’ri tanlab shakllantirilgan zaxiralar hajmi TXK va ta’mirlashni uzluksiz ta’minlovchi mustahkam moddiy-texnik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Zaxiralarni shakllantirish usullari esa servis korxonalar tarmog’ining tashkiliy tarkibi, korxona xizmatining avtomobillar turlari va ishlariga qarab ixtisoslanganlik darajasi va quvvatiga bog’liqdir. Zaxiralarni shakllantirish mustaqil va markazlashtirilgan bo’lishi mumkin. ASKlar o’z omborlari zaxiralarini maxsus ishlab chiqarilgan maksimal va minimal me’yorlar asosida to’ldirib turadilar. Omborlarda saqlanayotgan materiallarning zaxirasi minimal me’yorga qadar kamayib ketgan holda, u maksimal darajaga qadar to’ldiriladi. Amalda zaxiralarning me’yorlari natural sonlarda (sonlari, massalari) belgilanadi va ma’lum muddat (kun, oy, kvartal) davomida to’la foydalanishga mo’ljallanadi. Mustaqil ASKlari o’z zahira mollari turlari va hajmini o’zining o’tgan davrdagi amaliy faoliyati hisobotidan olingan statistik ma’lumotlar, shuningdek, xizmat ko’rsatiladigan avtomobillar sonining kelajakdagi ehtimoliy o’zgarishlarini nazarda tutgan holda aniqlaydilar. Zaxiralar aniqlangach ularni saqlash me’yorlari orqali omborlar hajmini (quvvatini) aniqlash mumkin. Har bir molning xili bo’yicha quyidagicha saqlash me’yorlari belgilangan: - maydon birligiga to’g’ri keladigan massasi (0,2 – 3 t/m2); - xona hajmiga to’g’ri keladigan massasi (0,1 - 2,0 t/m3); - maksimal saqlash balandligi. Saqlash me’yorlari asosida ombor jihozlari tanlab olinadi (stellaj-taxmonlar, ko’tarish-siljitish mexanizmlari, maxsus yashiklar, tagliklar, aravachalar va h.k). Ombor maydonini aniqlashda undagi jihozlar, yurish va transport yo’lakchalari, mol qabul qilish, tarqatish, shuningdek bo’sh idish- anjomlarni saqlash joylarining o’lchamlari ham hisobga olinadi. Avtomarkazlar va yirik ASKlarda omborlar yong’inga chidamli materiallardan alohida bino holatida yoki ishlab chiqarish majmuasi bilan biriktirilgan (blok usulida) bir necha bo’lim, xonalar sifatida barpo etiladi. O’rta va kichik quvvatli stantsiyalarda esa omborlar uchun odatda ishlab chiqarish binosi majmuasida bir yoki bir necha xonalar ajratiladi. Ammo har qanday holda ham yonilg’i-moylash materiallari alohida binoda saqlanishi zarur. Ombor maydonining shakli to’rtburchak bo’lib, uning bo’yi bilan eni 1:4 nisbatda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Avtoservis korxonalari mollarini ko’p qavatli (3 4) taxmonlarda saqlash mumkin. Bu holda ombor maydonidan foydalanish darajasi 40-60 % ga yetadi (5.28-rasm). Avtomarkazlar, katta va o’rta quvvatli avtoservis korxonalarida ehtiyot qismlar va agregatlar alohida xonada, ko’p qavatli peshtxtalarda, maxsus tokchali shkaflarda, mayda detallar esa (bolt, gayka, shayba va h.k) yashiklarda saqlanadi. Kerakli detallarni tezda izlab topish uchun ular avtomobil qismlari bo’yicha guruhlanib katalog nomlari asosida joylashtiriladi. Mahsulot va materiallarni shu yorliqlarga asosan maxsus peshtaxtalarga joylashtirish ishlab chiqarishga kerakliklarini bir zumda topishga imkon beradi. Dumaloq shakldagi metalllarni gorizontal shaklda ko’p qavatli peshtaxtalarda, yassi metalllar vertikal shaklda peshtaxta tokchalarida saqlanadi. Ehtiyot qismlar va agregatlar saqlanadigan ombor avtomobillarga TXK va joriy ta’mirlash postlariga yaqin joylashgan bo’lishi zarur, chunki ular o’zaro texnologik bog’langanlar. Lok-bo’yoq, kuzov detallari, payvandlash materiallari, kislorod ballonlari, yupqa metall listlarini va shuningdek, shikastlangan kuzovlari tiklanayotgan avtomobillar ashyolarini saqlash ombor-lari kuzovlarni ta’mirlash uchastkasida yoki uning yonida joylashtiriladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling