Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Issiqlik ta’minoti. Korxonaning inshootlarini isitishni loyihalayotganda xonalardagi havoning
hisoblangan parametrlari 5.1-jadvaldagi miqdorlarda qabul qilinadi. Ishdan tashqari vaqtda hamma
xonalarda iliq haroratni ushlab turish uchun navbatchi isitgich ko’zda tutilishi kerak. Isitish tizimini
ishdan tashqari vaqtda navbatchi isitgichga o’tkazishni imkoni boricha avtomatlashtirish lozim.
Avtomibillarga texnik xizmat ko’rsatish va saqlash xonalarida shamollatish bilan moslashgan havo
isitgich qo’llanilishi kerak. Bu tizim havo isitish jihozlarini markazlashgan yoki markazlashmagan holda
joylashtirish yordamida amalga oshiriladi. Markazlashgan bug’-havo isitish usulida havo markaziy
kamerada isitiladi va u yerdan markazdan qochma ventilyator hamda metalli havo yuritgich va pol
tagidagi kanallar yordamida xonalarga tarqatiladi.
1-jadval. Xonalarning mikroiqlim me’yorlari
SHinalarni saqlash 5 me’yorlanmaydi me’yorlanmaydi Markazlashmagan holda isitishda yaxlit
blokka o’rnatilgan kalorifer, ventilyator va elektrodvigateldan foydalaniladi. Havo uzatish agregatlarini
kolonnalar yoki devorlarda joylashtirish lozim. Ta’mirlash-tayyorlov va omborxonalarni isitishda past
bosimli yoki yuqori bosimli (mahalliy isitish asboblari) bug’l bilan isitish tizimi qo’llanadi.
Avtomobillarni saqlash xonalari bilan darvoza yoki eshik orqali qo’shni ishlab chiqarish
xonalarida qo’shimcha joy ko’zda tutiladi va u yerga uzatilayotgan havo miqdori hisobdagidan 10 % ga
oshiriladi. Akkumulyator, kamera yamash, koplamachilik va qayta tiklash ishlari bajariladigan xonalarda
havoli isitish qo’llanganda havoni aylanma harakatlantirishga ruxsat etilmaydi. Havoning sovishi
hisoblanganda, tashqi to’siqlar va infilьtratsiya hisobiga yo’qotiladigan issiqlikdan tashqari, xonaga
kirayotgan sovuq avtomobillarni isitishga ketadigan va ochiq darvozadan kirayotgan sovuq havoni
isitishga ketadigan issiqlikni ham hisobga olish zarur. Isitilgan dvigatelning va uning sovitish tizimidagi
suvning o’rtacha harorati 500S ga teng, avtomobilning sovitilgan qismlarini o’rtacha harorati hisoblangan
tashqi isitish haroratidan 10○S ga yuqori qabul qilinadi.
Xonalarga kirib kelayotgan avtomobillarni isitish davomiyligi qabul qilinadi. 1-toifali avtomobilar uchun-
1soat, 2- va 3- toifa uchun 2 soat, 4 -toifali uchun esa -3 soat. Bunda 2- va 3- toifa uchun 70 % issiqlik
birinchi soatda sarflanadi, 4- toifa uchun esa birinchi soatda -50%, ikkinchi soatda -30% va uchinchi
soatda -20%.
Avtomobilar xonaga ko’plab kirib kelishi va chiqishi vaqtida xonanig sovishi maksimumga yetadi. Havo
miqdori shamolni yo’nalishi va tezligiga, tashqi va ichki haroratga, darvozaning balandligi va kengligiga
bog’liq.
Darvozaning ochib yopilishidan yo’qotilayotgan issiqlikni qoplash uchun issiqlik ta’minoti
loyihalanayotganda quyidagilarni ko’zda tutish lozim:
-tashqi havoning hisoblangan harorati minus 20○S dan past bo’lganda, agar TXK mintaqasida postlar
soni 5 dan ortiq bo’lsa va saqlash mintaqalariga kirib chiqayotgan avtomobillar soni 1 soatda 20 tadan
ortiq bo’lsa, tashqi darvozalarga issiq havo to’siqlari o’rnatiladi;
-tashqi hisoblangan harorat minus 20○S dan yuqori bo’lsa yo’qolgan issiqlik o’rniga qo’shimcha issiq
havo beriladi yoki qo’shimcha davriy ishlaydigan retsirkulyatsion agregatlar o’rnatiladi;


Havo to’sgich ikkita vertikal havo yuritgichdan iborat bo’lib, o’z elektrodvigateli bilan ta’minlangan.
Undan yuboriladigan issiq havo kirib kelayotgan havoga qarshi 45

burchak ostida yo’naladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling