Avtotransport vositalari servisi asoslari
- rasm. Avtomobillarni bo’yash. 22-rasm
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
21- rasm. Avtomobillarni bo’yash.
22-rasm. Bo’yoq tayyorlash xonasi 12. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish va axborot yetkazish vazifasini mijozlar uchun xonalar va xizmat punktlari bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga chidash va unda muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo’yilgan tovar yoki xizmat yuqori sifatli bo’lishi va unga beriladigan kafolat hisoblanadi. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan holis emas. Xizmat ko’rsatish sohasida, jumladan, avtoservisda ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobil egalari- mijozlarga qilinadigan muomala madaniyatidan iboratdir. Mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar ular shu korxonaning doimiy mijozlariga aylanishlarini ta’minlab beradi. Avtomobillarida yuzaga kelgan kichik nosozliklarni tuzatish yoki kam hajmdagi servis xizmati bilan kirgan mijozlar uchun kutish va dam olish saloni, unda televizor, dam olish kreslolari, divanlar, stol va stullar gazeta va jurnallar, prospektlar bo’ladi, bufet xizmat ko’rsatadi. Mijozlarga ko’rsatiladigan madaniy-maishiy xizmat quyidagi majmualardan tashkil topishi mumkin: - mijozlar uchun kutish va dam olish saloni; - kafe-barlar; - savdo shoxobchalari, sotiladigan avtomobillar, ehtiyot qismlar do’konlari; - avtosalonlar. 23-rasm. Mijozlar bilan ishlash xonalari Avtoservis korxonasiga kelgan mijozlar avtosalon yoki ko’rgazma zallarida mavjud avtomobillar bilan tanishib, ularning o’zlariga yoqqan rusum va modellarini tanlab olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Xuddi shunday, sotib olinadigan avtomobillar mijozlar tomonidan o’z vaqtida olinishini ta’minlash uchun savdo korxonalari o’z tarkiblarida sotiladigan avtomobillar, ehtiyot qismlar omborlarini tashkil qiladilar. Avtomobillarga servis ko’rsatuvchi ko’pgina korxonalarning tijoriy ishlariga avtomobillar, ularga ehtiyot qismlar va avtomateriallar bilan savdo qilish ham kiradi. Ayniqsa bu ishlar diler servis korxonalarining birinchi vazifasi hisoblanadi. Avtosavdo joylari – avtosalonlar, ehtiyot qismlar sotish do’konlari korxonalarning kiraverish qismidagi eng nufuzli joyida joylashtiriladi. Ular xaridorlar didiga mos tushishiga, zamonaviy, qulay va shinam bo’lishiga va jihozlanishga katta ahamiyat beriladi, chunki sotiladigan avtomobillarni xaridorlarga namoyish etish va reklama qilish san’ati tijoriy ishlarning muhim tarkibiy qismidir. Mijozlarga madaniy-maishiy xizmatni yaxshilash uchun korxonalar yonida restoranlar, oshxonalar, kafe-barlar va choyxonalar tashkil etiladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling