Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
26-rasm. Ehtiyot qismlar ombori
Engil o’t oluvchi materiallar va kislotalar (laklar, bo’yoqlar, sulьfat kislotasi, sulьfat va xlorid kislotasi) ajratilgan holda, alohida yong’inga chidamli xonalarda saqlanadi. Kislotalar yumshoq tagliklarga o’rnatilgan shisha idishlarda, alohida ajratilgan xonalarda saqlanadi. SHina omborlarida yangi, ayrim hollarda ta’mirlashga topshirilgan va ta’mirlangan shinalar ham vertikal holatda saqlanadi. Bu ombor ham shinalarni ta’mirlash uchastkasi yonida joylashuvi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Katta va o’rta quvvatli stantsiyalarda TXK va ta’mirlash jarayonida har doim kerak bo’lib turadigan ayrim mayda detallarning bir qismi (boltlar, gayka, shayba, prokladkalar, karton qog’ozlari, 80 elektrosaqlagichlar, avtolampochkalar va h.k.) ishlab chiqarish uchastkalari boshliqlarida saqlanadi. Kichik quvvatli stantsiyalarda yuqorida keltirilgan barcha vazifani markaziy ombor bajaradi. Yonilg’i- moylash materiallari uch kunlik zahira hisobida alohida, yong’inga chidamli binolarda saqlanishi talab etiladi. SHuningdek barcha turdagi korxonalarda ishdan chiqqan, yaroqsiz detallar va anjomlar saqlanadigan alohida ombor bo’lishi lozim. SHina va boshqa rezinatexnik mahsulotlar hamda materiallar maxsus omborlarda saqlanadi. Bu omborlarning tuzilishi yerto’la yoki yarim yerto’la shaklida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. SHinalar ham 2 qavatli peshtaxtalarda tik turgan holda saqlanadi. Kameralar ozroq dam berilgan holatda ilgaklarda saqlanadi. Ular vaqti-vaqti bilan bir oz aylantirilib turiladi. SHinalar ombori qorong’i bo’lib, u yerda havo harorati +10 0 S t …20 0 C va namligi 50-60% oralig’ida bo’lishi kerak. SHinalarni saqlash xonalariga yorug’lik nuridan himoyalash uchun maxsus oynali derazalar o’rnatiladi. Rezina materiallarni saqlash omborlarida ularga salbiy ta’sir etuvchi materiallar (kerosin, benzin, skipidar, moy) bilan birgalikda saqlash taqiqlanadi. Ta’mirlash uchun ishlatiluvchi xom rezinalar yog’och tiqinga ega bo’lgan o’ramlarda peshtaxta ustida saqlanadi. Ta’mirlash uchun ishlatiladigan yelim yopiq oynali idishda saqlanadi. Ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil etish undagi saqlanayotgan mollar hisobotini to’g’ri va aniq olib borishni ta’minlaydi. Bunda kompьyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling