Avtotransport vositalari servisi asoslari


Ob’ektning texnik holatini aniqlash masalalari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Ob’ektning texnik holatini aniqlash masalalari quyidagilardan
iborat (6.3-rasm):
- texnik diagnostika;
- texnik prognoz;
- texnik genetika.
Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob’ekt texnik holatini aniqlash, texnik
prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob’ekt texnik holatini va o’tkaziladigan texnik ta’sir yoki
diagnostika davriyligini oldindan aytib berish bo’lsa, texnik genetikaning vazifasi ob’ektning avvalgi
vaqtdagi texnik holatini aniqlashdir (masalan, ob’ektning avariyaoldi holati). Diagnostika ishlarini
o’tkazish maqsadi va vazifalariga qarab har xil turlarga bo’linadi.
2 Diagnostikani tashkil etish turlari
Avtoservis korxonalari (ASK) va markazlaridagi texnik servis ishlari texnologik jarayonini tashkil
etishda avtomobillarni texnik holatini diagnostikalash katta ahamiyatga ega. ASK va markazlarda ishlab
chiqarish jarayonida quyidagi diagnostika turlari: avtomobillarni qabul diagnostikasi (DQ)buyurtmali
diagnostika (DB)texnologik diagnostika (DT)nazorat – diagnostikasi (DN) qo’llaniladi
=0G7*B4’@2(4- rasm).


Qabul diagnostikasi (Dq) ishini o’tkazishdan maqsad avtomobil egasining buyurtmasi bo’yicha
“nosoz” deb belgilangan agregatlar va uzellarni tekshirib chiqish hamda xavfsizlikni ta’minlovchi barcha
mexanizmlarni texnik holatini nazorat – ko’rikdan o’tkazish. SHuningdek, avtomobilning umumiy texnik
holatini belgilovchi agregatlar va tizimlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
Nazorat – ko’rik natijalariga asoslanib, bajariladigan ishlarning tahminiy hajmi, bajarish muddati, narhi
belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so’ngra buyurtma - naryadi rasmiylashtiriladi.
Qabul qilish postida quyidagi texnologik va diagnostik jihozlar bo’lishi kerak:
- ko’targich;
- gazanalizator;
- yoritish va ogohlantirish anjomlari ishlashini tekshirish uchun oyna;
- ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish shlangi;
- ko’chma diagnostik vositalar va boshqalar.
Agarda nazorat – ko’rik vaqtida “nozoslik” sabablari aniqlanmasa, avtomobilni maxsus diagnostka
ustaxonasiga yuboriladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling