Avtotransport vositalari servisi asoslari


Buyurtmali diagnostikalash (Db)


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Buyurtmali diagnostikalash (Db) ishlari avtomobil egasining buyurtmasi asosida, uning
ishtirokida o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu turdagi diagnostikalash ishlari maxsus diagnostika
(avtomobillar, ularning agregat, mexanizm va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan
shug’ullanuvchi) ustaxonasida yoki ixtisoslashtirilgan (boshqarish g’ildiraklarining o’rnatish
burchaklarini aniqlash, tormoz tizimini va boshqa tizimlarni diagnostikalash) postlarida o’tkaziladi.
Buyurtmali diagnostikalash natijasiga ko’ra aniqlangan nuqsonlar diagnostikalash ustaxonasi (posti)ning
o’zida bartaraf etilishi mumkin. Bunday diagnostikalash ishlarini o’tkazish uchun quyidagi diagnostik
vositalar bo’lishi kerak:
- tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend;
- shinalarni muvozanatlash stendi;
- boshqarish g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini aniqlash stendi;
- amortizatorlar holatini diagnostikalash stendi;
- tortish xususiyatini diagnostikalash stendi;
- motor-testerlar (ostsillograf yordamida, etalon ostsillogrammalarga taqqoslash usuli bilan o’zgaruvchan
tok generatori ishidagi nuqsonlarni, kondensator, o’t oldirish g’altagi birlamchi o’ramining holatini,
uzgich kontaktlaridagi tirqish, o’t oldirish chaqmog’idagi teshib o’tuvchi kuchlanish va o’t oldirish
g’altagining ish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi). -skanerlar (elektron boshqaruv blokli
avtomobillarning motor va boshqa tizimlarini diagnostikalash uchun) va boshqalar.
Texnologik diagnostika (Dt) servis kitobchasida ko’zda tutilgan va mijoz buyurtmasiga asoslanib
nazorat-sozlash ishlarini va qo’shimcha bajariladigan ishlar hajmini aniqlash uchun texnik servis
ustaxonalarida o’tkaziladi. Servis ishlarini bajarishda diagnostik jihozlarni qo’llash ko’pgina nazorat -
sozlash ishlarining hajmini kamaytiradi, ularning sifatini oshiradi, ya’ni agregat yoki tizimlarni sababsiz
bo’laklarga ajratilmaganligi. SHuning uchun servis ishlari o’tkaziladigan ustaxona va mintaqalar o’ziga
tegishli diagnostik vositalar bilan jihozlanishi kerak, ya’ni qotirish ishlarini nazoratlash uchun dinometrik
kalit, sozlash ishlari bo’yicha: shchup (tirqishlarni o’lchash uchun); lyuft o’lchagichlar; chizg’ich;


manometr; indikator; motor-testr; skayner va boshqa o’lchov asboblari.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling