7-mavzu: Avtoservis korxonasida tyuning ximatini tashkil etish.
Reja:
2. Avtomobil tyuningi tushunchasi.
3. Tyuning turlari: texnik, tashqi ko’rinish va salon tyuningi.
4. Dvigatel, yonilg’i bilan ta’minlash, chiqindi
gazlar chiqarish tizimi, transmissiya, tormoz
tizimi,
rul boshqarmasi, osma tyuninglari va “chip tyuning”.
5. SHovqindan himoyalanish tyuninglari.
6. Tyuning bo’yicha me’yoriy hujjatlar.
Tayanch iboralar: tyuning, avtomobil, dvigatel, transmissiya, boshqarish tizimi, yurish
qismi, me’yoriy hujjatlar.
Tyuning (ingliz tilidan
tune
- sozlash, moslashish) texnikaga qo’llanilganda
uning mavjud
xossasi va ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida qayta ishlov berish (ishlov berishni yakunlash)
tushiniladi. Avtomobilni har bir tizimi yoki tarmog’i, uning tashqi ko’rinishi va intereri ma’lum
xossa va ko’rsatkichlarga ega. Har xil avtomobillarda b xossa va ko’rsatkichlarni
solishtirib,
ularni texnik takomillashgani haqida xulosa qilish mumkin. Yuqorida aytilganlardan ko’rinib
turibdiki, avtomobillarda qancha tarmoq va tizimlari bo’lsa, shuncha tyuningi bo’ladi.
Ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobillarni konstruktsiyasi har xilligi
tufayli avtomobilni barcha
tyuningini ta’riflash juda ham murakkabdir.
Tyuning turlari
Tyuning texnik, tashqi, ichki va ularning birlashgan turlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: