Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

5 –rasm. Maxsus diagnostikalash ustaxonasi
Vujudga kelgan nosozliklar (masalan, kuzov yoki boshqa qism elementlarida darzlar,
mexanizmni bo’laklarga ajratib, nosoz detallarni almashtirish va boshqalar) bartaraf etilgandan so’ng,
ya’na diagnostikalash ishlarini davom etirish uchun avtomobil ilgarigi diagnostika ustaxonasiga
yuboriladi Hozirgi vaqtda servis korxonalarida avtomobilning agregat va tizimlari bo’yicha nosozliklarni
aniqlashda “komp’yuterli diagnostika” qo’llanilmoqda (6.6-rasm).


6-rasm. Dvigatellarni kompyuterli diagnostikalash
Komp’yuterli diagnostikalash bo’yicha zamonoviy avtomobillarning quyidagi agregat va
tizimlarining texnik holati aniqlanadi:
- dvigatel tizimlari;
- elektr va elektron jihozlar;
- avtomatik uzatma qutisi;
- boshqaruv g’ildiraklarining o’rnatish burchaklari va boshqalar.
ASKlarining diagnostik asbob–uskanalar bilan jihozlanishi, uning quvvatiga, turiga va bajaradigan
ishlar majmuasiga bog’liq. SHuning uchun universal ASKda diagnostika ustaxonasi har xil modeldagi
avtomobillarni ko’zda tutib universal asbob-uskanalar bilan jihozlanishi kerak. Ammo bunday diagnostik
asbob-uskunalar qimmat turadi, shuning uchun tez ma’naviy eskirmaydigan turlarini tanlash kerak
bo’ladi. Bunga har doim ham erishib bo’lmaydi, chunki diagnostikalash narhini yuqori quyib bo’lmaydi
(ayrim rivojlangan davlatlarda bepul diagnostikalash ishlari tavsiya etilmoqda). Demak, diagnostikalash
vaqtini qisqartirib, diagnostikalash sonini oshirish kerak.
ASKlarga kirgan avtomobillarning nosozliklarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish natijasida: joriy
ta’mirlash sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg’i sarfi 2...5% ga kamayadi;
avtoshinalarning yuradigan yo’li esa 3...5% ga oshadi hamda ekspluatatsion
havfsizligi va ekologik ko’rsatkichlari yaxshilanadi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling