Avtotransport vositalari servisi asoslari


Nazorat diagnostikasi (Dn)


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Nazorat diagnostikasi (Dn) avtomobil, uning agregat va tizimlari bo’yicha bajarilgan servis
ishlari sifatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bajarilgan texnik ta’sir ishlarining sifati, hajmi ASKda
mavjud diagnostik jihozlar yordamida tekshiriladi, masalan avtomobilning tormoz tizimi samaradorligi,
tortish sifatlari, harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlar, ishlatilgan gazlar tarkibi va boshqa
diagnostik parametrlar baholanadi. Lekin diagnostik parametrlar soni iloji boricha chegaralangan bo’lishi
kerak. Diagnostik jarayonda tekshiriladigan diagnostik parametrlar, servis ishlari bajarilgandan so’ng
avtomobilning agregat yoki tizimini ekspluatatsiyaga “yaroqli” yoki “yaroqsiz”ligi bo’yicha olinadigan
ma’lumotga asoslanishi kerak.
3. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish
Avtomobillarni hamda ularning agregat va mexanizmlarini buyurtmali diagnostikalash ishlari ASKning
maxsus diagnostika ustaxonasida va postlarida chuqurlashtirilgan holda o’tkaziladi. Uning vazifasi
avtomobilning tortish sifatlari va iqtisodiy ko’rsatkichlarini nazorat qilish, servis hamda joriy
ta’mirlashga bo’lgan ehtiyojini aniqlashdir. SHuning uchun ustaxona kerakli diagnostik vositalari, ya’ni
avtomobillarning tortish xususiyatlari, tormoz tizimining samarodorligi, boshqarish g’ildiraklarini
joylashish burchagini aniqlovchi jihozlar, dvigatelni diagnostikalash skayneri, motor-tester, farani
tekshiruvchi asbob va boshqa diagnostik vositalar hamda ko’targich va siqilgan havo
tarqatish tizimi bilan jihozlanishi kerak (6.5-rasm). Ustaxonaning diagnostik majmualari “Texnologik
jihozlar va maxsus asboblar ro’yhati”ga binoan ASKning quvvatiga (ishchi postlar soniga) asosan
jihozlanadi.
Maxsus diagnostika ustaxonasida mayda nosozliklarni bartaraf etishga va ayrim detallarni
(maxsus moslamalarsiz) almashtirish mumkin. Bundan tashqari, diagnostik jarayoniga ta’sir etmaydigan
texnik ta’sir (normallarni almashtirish, qotirish) amallariga hamda diagnostikani tashkil etish uchun zarur
bo’lgan (fara va boshqa tizimlar nazorat lampochkalarini, elektr saqlagichlarni va boshqalarni
almashtirish) ishlarini bajarishga ruhsat etiladi. Agar diagnostikalash jarayonida nosozlik aniqlansa va uni
bartaraf etish uchun maxsus moslamalar kerak
bo’lsa yoki bartaraf etish mehnat hajmi katta (0,5 ishchi-soatdan undan yuqori) bo’lsa, avtomobil kerakli
ustaxonaga yuboriladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling