Avtotransport vositalari servisi asoslari
Siqilgan havo bilan ta’minlash
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlikdan bir vaqtda foydalanish koeffitsienti ko’rsatkichlari
- 27-rasm.
Siqilgan havo bilan ta’minlash. Siqilgan havo bilan ishlovchi uskunalar boshqarilishi yengilligi,
ishonchliligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi, ularning kamchiligi esa foydali ish koeffitsientining kichikligi va shovqinning balandligidir. ASKlarida ayrim texnologik jarayonlarni bajarish uchun bu uskuna va asboblardan foydalaniladi. ASKning siqilgan havoga bo’lgan extiyoji quyidagicha aniqlanadi: Q=Σgea, m3 / min bu yerda: g -siqilgan havo bilan ishlovchi barcha uskunalar, dastgohlar va qurilmalar tomonidan iste’mol qilinadigan havo hajmi, m3/min; e –issiqlikdan bir vaqtda foydalanish koeffitsienti, 0,9…0,52 (iste’molchilar soniga bog’liq bo’lib, iste’molchilar ko’payishi bilan qiymat kichiklashadi, 5.2-jadval); a-havo magistrallaridagi nojipslik natijasidagi yo’qotilish koeffitsienti, 1,1 …1,3. 2-jadval. Issiqlikdan bir vaqtda foydalanish koeffitsienti ko’rsatkichlari Siqilgan havo bilan ishlovchi uskunalar, dastgohlar va qurilmalar iste’mol qiladigan havo hajmi 5.3-jadvalda keltirilgan. ASKlarida siqilgan havoni yetkazib berish maqsadida porshenli kompressorlardan (27-rasm) foydalaniladi (bosim 0.6…1.0 MPa). 27-rasm. Kompressor uskunasi 3-jadval. Siqilgan havo bilan ishlovchi uskunalar, dastgohlar va qurilmalar iste’mol qiladigan havo hajmi SHamollatish tizimi. Avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish inshootlari mehnat muxofazasi talablari asosida shamollatish jihozlari bilan ta’minlangan bo’ladi. CHunki ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida yuzaga keladigan (yonilg’i va elektrolitning bug’lanishi, bo’yoq gazlari, avtomobil dvigatellaridan chiqadigan yonish mahsulotlari va h.k.) va havo tarkibiga qo’shiladigan har xil gazlar inson sog’ligiga zaharlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari bu gazlar ta’minot tizimi jihozlarini va akkumulyatorlarni ta’mirlash, bo’yoqchilik ustaxonasida, ko’rish chuqurlarida, moy materiallari omborlarida havo tarkibida portlashga moyil qo’shilmalar yuzaga keltirishi mumkin. Bu holatlarning oldini olish maqsadida barcha turdagi korxonalarning ishlab chiqarish binolarida shamollatish tizimi tashkil qilinadi. SHamollatish tizimining asosiy vazifasi havo tarkibida gazlar kontsentratsiyalari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va havoning mehnat muxofazasi qoidalari va yong’inga qarshi talablar asosida belgilangan miqdorlarda almashinib turishini ta’minlashdir. Havo tarkibidagi zaharli gazlarning miqdorini kamaytirish maqsadida TXK va ta’mirlash mintaqalarida avtomobillarning ishlab turgan dvigatellaridan chiqayotgan yonish mahsulotlari maxsus quvurlar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yonish mahsulotlari tarkibidagi zaharli gazlar avvalo yuqoriga ko’tariladi, keyinchalik sovish natijasida xonaning eng past qismiga tushadi. SHu sababli ko’rish chuqurlariga 22-30°S haroratdagi toza havo 150 m3/s hisobida yuborilib turilishi kerak. Akkumulyatorlarni ta’mirlash ustaxonalarida, zaryadlash jarayonida ajralib chiqadigan vodorod va kislotalar bug’lari havo bilan birlashib portlashga moyil qo’shilmalar hosil qiladi. Akkumulyatorlarni ta’mirlash xonalarda umumiy shamollatish tatbiq qilinib, akkumulyatorlarni zaryadlash xonalarida esa havoni soatiga 10marotaba almashinishi ta’minlanadi. Umumiy shamollatishdan tashqari barcha zaharli gazlar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan joylarda mahalliy shamollatish uskunalari o’rnatiladi. Mahalliy shamollatish uskunalari ish joyida ajralib chiqadigan zaharli gazlarni bino ichkarisida tarqalishiga yo’l qo’ymay tashqariga chiqarib yuboradi. Bundagi shomollatish ventilyatorlarining quvvati quyidagicha aniqlanadi: Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling