Avtotransport vositalari servisi asoslari
Avtoservis korxonalarida ko’riladigan xizmat turlarining bajarilish joylari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm
Avtoservis korxonalarida ko’riladigan xizmat turlarining bajarilish joylari
Avtoservis korxonalarida ko’rsatiladigan servislarning turlarini va bajarilish joylarini ko’rib chiqamiz: 1. Avtomobillar salonini yig’ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek, ostidan yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlari avtomobillarni yuvish-tozalash va quritish bo’limida bajaradi. Zamonaviy ASKlarda bu ishlarni bajaruvchi uchastkalar kerakli jihozlar va suv tozalagich inshootlari bilan ta’minlanadi. Bu uchastka korxonaning quvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo’lda, shlang yordamida yuvadigan (2-rasm) bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar, yirik va ba’zi o’rta quvvatli ASKlarda yuvish uchastkasi mexanizatsiyalashgan, ba’zida esa avtomatlashtirilgan bo’ladi (4-rasm). 2-rasm. Avtomobillarni shlang yordamida qo’l bilan yuvish posti. 3-rasm. Avtomobillarni cho’tkalar bilan yuvish posti. Yuvilgan avtomobillar asosan issiq havo oqimi yordamida quritiladi (5-rasm). 4-rasm. Avtobuslarni yuvish posti. 5-rasm. Avtomobillarni issiq havo oqimi yordamida quritish jihozi. 2. Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish, avtomobil va uning agregatlari, uzellari va tizimlarining texnik holatini aniqlash bajariladigan ishlar hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi ishlar avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish uchastkasida bajariladi. SHuningdek qabul qilish jarayonida, avtomobilning tashqi ko’rinishi ko’zdan kechiriladi, uning butligi tekshiriladi, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellar tekshirib ko’riladi, hamda harakat xavfsizligini ta’minlovchi barcha mexanizmlar tekshirilib, sarf bo’ladigan ehtiyot qismlar, materiallar miqdori va taxminiy xaqi ham kelishilib olinadi. Bundan tashqari avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi. Bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanib, mijoz bilan kelishilgandan so’ng hujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobillarni servisga qabul qilish korxona yoki soha rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish va servisga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi. Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi, agregatlari va barcha qismlari zavod mahsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruktsiyalarga o’zgartirishlar kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi. Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarning bajarilganligi, avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, topshiriladi. Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qabul qilish paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan hollarda u diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik holati aniqlanadi. 3. Avtomobillar, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash ishlari maxsus diagnostika uchastkasi (posti)da bajariladi. Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash avtomobilni qismlarga ajratmasdan maxsus dasturlarga asosan stendlar, o’lchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling