Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

2-rasm. Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash bo’yicha buyurtma
1. Avtomobilning ta’mir talabligini aniqlash uchun uning _______ soat ________ min holatini ko’zdan
kechirish
2.Jihozlar bilan diagnostikalash
3. Avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish (TXK)
4. Joriy ta’mirlash (JT)
5. Dvigatelni ta’mirlash
6. Elektr jihozlarini ta’mirlash
7. Kuzov ishlarini bajarish
8. Boshqa ishlar
Buyurtmachidan qabul qilingan material va ehtiyot qismlar JT va TXKga kelish vaqti:
Avtoservis sifatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan texnik-texnologik hujjatlar
Avtomobillarga TXK va ta’mirlash xizmati sifatini ta’minlash maqsadida avtmobilsozlik
kompaniyalari o’z avtomobillari bo’yicha zarur bo’lgan barcha texnik-texnologik hujjatlarni o’z vaqtida
tayyorlab, xaridorlarga, avtoservis korxonasi dilerlariga yetkazib beradi. Bu hujjatlarning asosiylari
quyidagilardan iborat:
- avtomobillarning har qaysi rusumlari uchun “Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha zavod
rahbariy Yo’riqnomasi”;
- “Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bo’yicha Yo’riqnoma”;
- “Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish Yo’riqnomasi”;
- “Avtomobilning servis daftarchasi”;
- “Kafolatli xizmat to’g’risida Nizom”;
- “Engil avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizom”;
- “Ehtiyot qismlar katalogi”;
- TXK va ta’mirlash ishlarini bajarishga texnologik xaritalar va boshqalar.
“Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha zavod rahbariy Yo’riqnomasi” zavodning vakolatlik
huquqiga ega bo’lgan dilerlariga mo’ljallangan bo’lib, unda avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish
texnologiyasi va agregat, qism hamda detallarni ta’mirlash haqida to’liq ma’lumotlar keltirilgan.
“Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bo’yicha Yo’riqnoma” quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kirish;
- avtomobil bilan tanishish;
- avtomobil xavfsizligi tizimi;
- avtomobil tavsifi;
- avtomobilni boshqarish;
- favqulodda holatlardagi xarakat;
- texnik xizmat ko’rsatish;
- mijozlar uchun ma’lumotlar;


- avtomobilning texnik tavsifi.
“Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish Yo’riqnomasi” avtomobilsozlik firmalarining o’z
dilerlariga xizmatni tashkil etish bo’yicha bergan yo’riqnomasidan iborat.
“Avtomobilning servis daftarchasi”da avtomobilsozlik kompaniyasining kafolat majburiyatlari
haqida to’liq ma’lumotlar keltirilib, xizmat ko’rsatish bo’yicha yo’llanma va TXK amallarining
bajarilganligi haqida belgi keltiriladi.
“Kafolatli xizmat to’g’risida Nizom”, “Engil avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash
to’g’risidagi Nizom” da avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha me’yorlar,
qoidalar va talablar keltirilgan.
“Ehtiyot qismlar katalogi”da agregat, uzel va detallarning katalog raqamlari, hamda rasm va
sxemalari keltiriladi. ATXKSlarda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha barcha amallarning
asosini texnologik karta tashkil qiladi, ya’ni barcha amallar ilgaridan tuzilgan kartalar bo’yicha bajariladi.
Texnologik karta – bu avtomobil yoki uning agregatlari, uzellariga bo’ladigan ta’sirlarning barcha turlari
va ketma-ketligi, ularni bajarish uchun kerak bo’ladigan jihoz, uskuna va asboblar, bajaruvchilar
malakasi, mehnat xajmi va amal qilinishi zarur bo’lgan texnik talablar keltirilgan hujjatdir (8.3-rasm).
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallar sifatining
muvofiqligi haqida hujjatlarga ega bo’lishi lozim. Ehtiyot qism va materiallarni ishlab chiqaruvchilardan
ulgurji savdo firmalari va ulardan chakana haridorlar oladilar. Qadoqlangan ehtiyot qismda sifat
standartiga muvofiqligi haqidagi belgi, tovar nomi, ishlab chiqaruvchi mamlakat, shtrixli kod va boshqa
ma’lumotlar bo’lishi kerak.
3-rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash bo’yicha texnologik karta
Avtotransport vositalariga TXK va ta’mirlashda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallarni
tekshirganda ularga ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan pasport, sertifikat yoki yorliqning amaldagi
talablarga mosligi aniqlanadi. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
bo’yicha xizmatlarni sertifikatlash jarayonida ularning xavfsizlikni ta’minlash, tabiatni muxofaza qilish
va boshqa ekologik talablar bajarilishi nazorat qilinadi.Ixtiyoriy sertifikatlash talabgorning tashabbusi
bilan xizmatning barcha turlari yoki uning ayrimlari bo’yicha o’tkazilishi mumkin.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling