Avtotransport vositalari servisi asoslari
-rasm. TSilindrlar yeyilish darajasini nutromer yordamida aniqlash. 1-nutromer; 2-kolibr yordamida nutromerni nolga keltirish 7-rasm
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-rasm.
6-rasm. TSilindrlar yeyilish darajasini nutromer
yordamida aniqlash. 1-nutromer; 2-kolibr yordamida nutromerni nolga keltirish 7-rasm. Porshen va tsilindr orasi- dagi tirqishni tekshirish shakli SHchup porshen barmog’i o’rnatilish teshigi o’qiga perpendikulyar joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shchup tortiladi va shchupni chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi. Aniqlangan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab, ekspluatatsiya yoki ta’mirlash qo’llanmasida keltirilgan me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Masalan, ZIL-130 dvigateli uchun shupning qalinligi 0,08 mm, eni 13 mm va uzunligi 200 mm bo’lishi, hamda uni tsilindr bilan porshen orasidan tortib chiqaruvchi kuchning kattaligi 35-45 N ni tashkil qilishi kerak. Agarda tortib chiqaruvchi kuch me’yoridagi ko’rsatkichdan farq qilsa, porshen boshqasiga almashtiriladi. Porshenni almashtirishdan avval uni tsilindrga moslab tanlab olish zarur, buning uchun gilьzaning o’lchamlar gruppasiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shup yordamida tsilindr, hamda gilьza orasidagi tirqish tekshiriladi (7.20-rasm). ASK sharoitida tsilindrga porshenni tanlashda, yuqoridagilardan tashqari porshen bobishkasidagi teshik, porshen barmog’i va shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulka diametrlari bir xil o’lchamlar guruhida bo’lishi kerak. SHuning uchun «porshen-barmoq-shatun» to’plamini yig’ishda, ularga bo’yoq yordamida qo’yilgan belgilar bir xil rangda bo’lishiga e’tibor berish kerak. Porshenga barmoq tanlanayotganda uning bobishka teshigiga qo’lning katta barmog’i yordamida yengil kirishi tekshiriladi (7.21-rasm). 8-rasm. Porshen barmog’ini babishkaga yengil kirishini tekshirish shakli 9-rasm. Porshen ariqchasi va halqa orasidagi tirqishni aniqlash shakli: 1-porshen halqasi; 2- porshen; 3-shchup to’plami To’g’ri tanlangan porshen tepa qismi bilan tsilindrga qo’yilganda, o’zining og’irligi bilan asta-sekin pastga tushishi kerak. Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan avval shatun kallaklarini parallelligini maxsus qurilmalar yordamida tekshiriladi. Bunday qurilmalar yordamida shatunning buralib ketganligi, egilganligi va kallaklarining markazlari orasidagi masofa aniqlanadi. Tekshiruv natijalariga ko’ra shatunning biror o’lchami me’yoridan farq qilsa, maxsus kalitlar yordamida qurilmaning o’zida o’lchamlar me’yoriga keltiriladi. Bunda shatunning yuqori va pastki kallaklari yuqori va pastki plitalar orasidagi holatda bo’lishi kerak. SHatunni tekshirish va to’g’rilashdan so’ng, porshen 60 0 S haroratdagi moyli vannaga solinib qizdiriladi, keyin esa porshen barmog’i porshen bobishkasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi. Presslangandan so’ng bobishkadagi ariqchaga chegaralovchi halqalar o’rnatiladi. Porshen bilan shatun yig’masini tsilindr blokiga o’rnatishdan avval, porshen halqalarini porshen ariqchasiga joylashtiriladi. Porshen ariqchasi bilan porshen halqasi orasidagi tirqish shup yordamida (9- rasm) aniqlanadi. Bundan tashqari halqani yorug’lik nurini o’tkazishi bo’yicha tekshiriladi, buning uchun halqa tsilindrning yedirilmagan yuqori qismiga joylashtiriladi va tsilindr bilan uning orasidan yorug’lik nuri o’tishi aniqlanadi. Porshen halqasini tutashish joyidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi. Agar u me’yoridan kichik bo’lsa, halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so’ng halqa porshenga o’rnatiladi. O’rnatilgan halqalarning tutash joylari har tomonga aylana bo’yicha qo’yib chiqiladi. Porshen yig’masini tsilindrga o’rnatish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi (10- rasm). Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling