Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- KSHM va GTM larni ta’mirlash
5-rasm. Ananaviy tuzilishdagi VAZ, Tiko va Matiz
avtomobillari gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik tirqishini sozlash shakli. 1-koromislo; 2-sozlovchi vint; 3-kontrgayka. Bu vaqtda mexanizmda hisobga olinmagan zarbli yuklanishlar hosil bo’ladi, natijada klapan va taqsimlash valini foydalanib bo’lmaslik darajasigacha yeyilishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun motor moyini almashtirish vaqtida, tsilindrlar kallagining qopqog’i taqsimlash vali biln birgalikda yechib olinib, gidroitargichlar yechib olinishi va benzin yoki kerosinda yuvib tashlanishi zarur. Bu gidroitargich ichidagi kirliklardan xalos bo’lishni ta’minlaydi. KSHM va GTM larni ta’mirlash. Dvigatelni joriy ta’mirlashdagi eng asosiy va muhim ishlar quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlarni, porshen barmoqlarini, o’zak va shatun bo’ynidagi vkladishlarni (ta’mirlash o’lchamlariga moslab), blok qistirmasini almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so’ngra mahsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar bilan moy yo’llarini yuvish va tozalash, reduktsion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalardir. TSilindr bloki gilьzalarini almashtirish ishlari uning pastki va yuqori qo’yim o’lchamlarining yeyilishi, darz ketishi, chuqurchalar hosil bo’lishi natijasida bajariladi. SHu bilan birga hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan ko’pgina yengil avtomobillarning gilьzalari tsilindr bloki bilan birgalikda quyma tarzida bo’ladi. Gilzalarning yeyilish darajasi uning yuqori qismidan 5, 15, 50 va 90 mm chuqurlikda ikki perpendikulyar tekislik bo’yicha nutromer asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun nutromer maxsus kolibr yordamida nolga keltiriladi (6-rasm) va har bir tsilindrning o’lchamlari rasmda keltirilganidak aniqlanadi. Gilьzalarning yeyilishi natijasida, o’lchamlar me’yoriy ko’rsatgichlardan farq qilib qoladi, shu bilan birga yeyilish gilьza diametri bo’yicha notekis bo’ladi, bu holda ular yo’nish yo’li bilan keyingi o’lchamlarga keltiriladi va porshen hamda uning halqalari gilьzaning yangi o’lcham guruhiga mos ravishda tanlab olinib o’rnatiladi. Porshenlarni almashtirish, uning etagida chuqurchalar hosil bo’lganda, tag qismi va kompression halqa atrofidagi yuza qismi kuyganda, hamda halqalarni o’rnatish ariqchalari kengayib ketganda bajariladi. Gilьzalarda yeyilish kam bo’lib, porshenlarda yuqorida keltirilgan kamchiliklar yuzaga kelganda, dvigatelni avtomobildan yechmasdan turib, porshenlarni almashtirish mumkin. Bunda karterdagi moy to’kib olinadi, karter va tsilindr bloki kallagini yechiladi, shatun boltlarining gaykasi burab olinadi, shatunning pastki qopqog’i yechiladi va porshen shatun bilan birgalikda yuqori tomondan sug’urib olinadi. Keyin porshen bobishkasidan press yordamida porshen barmoqlari yechib olinadi va porshen shatundan ajratiladi. Kerak bo’lsa, shatunning yuqori qismidagi bronza vtulkasi ham press yordamida yechib olinib almashtirilishi mumkin. Buning uchun porshen yassi shchup bilan birgalikda yuqori qismi bilan tsilindrga kiritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling