Avtotransport vositalari servisi asoslari
Sovitish tizimini joriy ta’mirlash
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dvigatelning moylash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi.
Sovitish tizimini joriy ta’mirlash. Sovitish tizimining zichligi shikastlangan mis o’tkazgichlarni
kavsharlash, zarurat tug’ilsa almashtirish yo’li bilan ta’mirlanadi. Radiatorlarning ta’mirlashda, ularning yaroqsiz holga kelgan o’tkazgichlarini 5% gacha berkitib qo’yilishga va 20% gacha yangisiga almashtirilishiga ruxsat etiladi. Jez qorishmasidan tayyorlangan radiatorlarni kavsharlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Alyuminiy qorishmasidan tayyorlangan radiatorlarni kavsharlash juda mushkul. Buning uchun diametri 3-5 mm li SVAK simi, 34A markali kavsharlash qotishmasi, F-34A markali kukunsimon flyus ishlatiladi. Kavsharlashga tayyorlangan yuza 400-560 0 S haroratda alanga bilan qizdiriladi. Agar yuza bir tekis qizdirilmasa, kavshar yuzaga bir tekis yoyilmaydi va qumoq-qumoq bo’lib qoladi. Amalda kavsharlash yuzasini bir tekis qiziganligini aniqlash uchun yog’och sterjendan foydalaniladi. U bir tekis qizdirilgan yuzaga tekkazilganda, ko’mirsimon tusga kiradi va yuzada qora iz qoldiradi. Radiatorni avtomobilga o’rnatishdan avval 0,1 MPa bosim ostidagi siqilgan havo bilan 3-5 min mobaynida tekshiriladi. Suv bilan tekshirilganda bosim 0,1-0,15 MPa ni tashkil etishi kerak. Dvigatelning moylash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi. Dvigatelning ishlash jarayonida, uning karteridagi moy sathi kamayib, sifati o’zgaradi. Bular dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatelning ishlash jarayonida moy sifati yomonlashishiga sabab, uni metall zarrachalari va yonilg’i qo’shilib ifloslanishi hamda oksidlanishidir. SHuningdek, moyga uning moylash sifatini yaxshilovchi qo’shimchalarning miqdorini moy tarkibida kamayib borishi, moy sifatini pasaytiradi. Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar, metall zarrachalaridan iborat bo’lib, bular ikki ishqalanuvchi sirtning bir-biriga nisbatan sirpanishidan hosil bo’ladi. Mineral aralashma (qum, chang)lar, havo bilan moyga qo’shilib, uning moylash xususiyatini kamaytiradi. Moy tarkibida, mexanik aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. SHu bilan birga havodagi kislorodning ta’siri bilan moy oksidlanib qoladi va karterga tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Kislotalar oksidlovchi modda hisoblanib, tsilindrlar devorini, porshen halqasining yemirilishida va zanglashga uchrashida asosiy omil hisoblanadi. SHuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga qarshilik ko’rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa porshenda va porshen halqasida loksimon qatlam hosil qiladi, hamda ularni qo’zg’aluvchanligini keskin kamaytiradi. Mayda kolloid holda va erigan yoki quyqa ko’rinishida karterga tushuvchi (qattiq aralashmalar, ya’ni: karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va naychalaridan o’tib (moy aylanib o’tishini sustlashtirib) ishqalanuvchi sirtga ta’sir etib, ularda qirilgan, chizilgan yuzali (abraziv) yeyilish hosil qiladi. Karbyuratorli dvigatellarni sovuq holatda yurgizish natijasida, tsilindrlar devori orqali, karterga benzin o’tib ketishi yoki reduktsion klapan plunjerining yeyilishi, kirlanib qolishi va ochiq qolishi natijasida tizimdagi moy bosimi kamayib ketadi. Moy nasosi reduktsion klapanining plunjeri yeyilib yoki kirlanib qolsa (berkilib qolib), tizimdagi moy bosimining oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tarkibida 4-6% dan oshiq yonilg’i bo’lgan moylar to’kib tashlanib, yangisiga almashtiriladi.Dvigatel karterida moy sathining kamayishiga zichlikning buzilishi, moy ushlagich va boshqa birikmalardan moyning sizib chiqishi va kuyishi sabab bo’ladi. Porshen halqasining yeyilishi tufayli, yonish kamerasiga o’tib ketadigan moy, yonilg’i bilan qo’shilib, kuyib yonadi. Bundan tashqari, dvigatelning ish jarayonida, mayin va dag’al moy filьtrlar ifloslanib qolib, moyni tozalash qobiliyati kamayadi, buning natijasida tirsakli valning yelkalarini va vkladishlarini yeyilib ketishi jadallashadi. Moylash tizimining nosozliklari quyidagilardan iborat: - karterdagi moy sathi moy o’lchash shchupidagi "MIN" belgicidan kam; - moyning bosimi tirsakli valning o’rtacha aylanishlar sonida 0,1-0,15MPa dan kam; - dvigatelni salt ishlashida(500 ob/min) bosim 0,05MPa dan kam. Bundan tashqari, moy tarkibiga yonilg’ining qo’shilib borishi moy qovushqoqligini va moy bosimining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Moyning sifati, hamda qorayib ketganligi, bosma qog’ozga tomizib aniqlanadi. Bundan tashqari (jips mahkamlangan joyni bo’shab qolishidan), moy sizib oqsa hamda mayin va dag’al filьtrlar tez-tez kirlanib qolsa, bu ham moylash tizimi nosozligidan darak beradi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling