Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

6-rasm. YuBYoNni sinash jihozi.
SHu aylanishlar chastotasida yonilg’i haydash nasosi hosil qiladigan bosim, manometrning (9)
ko’rsatishiga qarab, nasosdan yonilg’i chiqishi kran bilan asta berkitgan holda aniqlanadi. Agar nasos 0,4
MPadan oz bosim hosil qilsa, u holda klapanlarning zichligini, porshenlarning yeyilganligini va
turtkichning erkin harakatlanishini tekshirish zarur. Yuqori bosimli yonilg’i nasosi har bir forsunkaga
beriladigan yonilg’ini boshlang’ich paytiga, bir tekisliligiga va miqdoriga tekshiriladi.


7-rasm. Yonilg’i nasoslsrini tekshirish jihozining ishlash shakli: 1-yuqori bosimli yonilg’i nasosi, 2-
etalon forsunka, 3-menzurka, 4-yonilg’i sathini ko’rsatkich, 5-termometr, 6, 10-yonilg’i bakchalari, 7-
jihozning yonilg’i haydash nasosi, 8-filtr, 9-manometr, 11-kranlar, 12-yonilg’ini to’plovchi vanna
Yonilg’i berishning boshlangich paytini aniqlash va rostlash uchun SDTA jihozlarida, har bir
sektsiyaning chiqish shtutseriga o’rnatilgan (8-rasm) momentoskoplar ichki diametri 1,5-2,0mm bo’lgan
shisha naychalar(1) ishlatiladi. Nasosning kulachokli vali aylantirilib, shisha naychalar hajmining yarmi
yonilg’i bilan to’ldiriladi, so’ng val yuritmasi soat strelkasi bo’yicha asta aylantirilib trubkalardagi
yonilg’i sathi kuzatiladi.
Nasos sektsiyalaridan yonilg’i berishning boshlanishi, momentoskoplarning shisha trubkalaridagi
yonilg’i harakatlanishining boshlanishiga qarab aniqlanadi.
8-rasm. Momentoskop: 1-shisha naycha,
2-plastmassa trubka, 3-po’lat naycha, 4-gayka
9-rasm.
Forsunkalarni tekshirish asbobining
ko’rinishi
SDTA jihozlari korpusining nasosni aylantiradigan vali tomoniga darajalarga bo’lingan disk
nasosning kulachokli valini, jihozdagi yuritma val bilan biriktiradigan muftaga esa strelka o’rnatilgan.
Birinchi tsilindr trubkasidagi yonilg’ining harakatlanishini boshlangich oni sanoq boshi 0° deb qabul
qilinadi.
KamAZ-740 dvigateli tsilindrlarining ishlash tartibiga (1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda, boshqa
tsilindrlarga yonilg’i berilishini boshlanishi nasosning kulachokli vali quyidagi burchaklarga burilganda
sodir bo’ladi: 5-tsilindrga (nasosning 8-sektsiyasi)-45°, turtinchiga (4-sektsiya)-90°, ikkinchiga (5-
sektsiya)-135°, oltinchiga (7 sektsiya)-180°, uchinchiga (3 sektsiya)-225°, yettinchiga (6-sektsiya)-270°
va sakkizinchiga (2 sektsiya)-315°. Bunda birinchi sektsiyaga nisbatan har bir sektsiyadan yonilg’i
berishning boshlanishi orasidagi intervalning noaniqligi 0,5°dan ortib ketmasligi kerak. Yonilg’i
berishning boshlanishi yonilg’i purkalishini ilgarilatish muftasini yechib qo’ygan holda tekshiriladi.
KamAZ-740 dvigatelidagi yuqori bosimli yonilg’i nasosi konstruktsiyasining o’ziga xos tomoni
shundan iboratki, sektsiyalar nasos korpusidan alohida qilib tayyorlangan va sektsiya o’z korpusi bilan
yig’ilgan holatda almashtirilishi mumkin. Kulachokli valning burilish burchagiga qarab, har bir
sektsiyadan yonilg’i berishning boshlanishi, turtkich tovonining qalinligini o’zgartirishi bilan rostlanadi;
tovon qalinligini 0,05 mm ga o’zgarishi 0° 12’ burilish burchagiga to’g’ri keladi. Nasos jihozda


sinalayotganda, har bir sektsiya berayotgan yonilg’ining miqdori, jihozning forsunkalar (2) ostidan
maxsus to’siqchani avtomatik ravishda olib qo’yadigan qurilmasidan foydalangan holda, menzurkalar (3)
yordamida aniqlanadi.
Sinov soz va rostlangan forsunkalar to’plami bilan birgalikda o’tkaziladi. U forsunkalar nasos
sektsiyalari bilan bir xil (600±2mm) uzunlikdagi yuqori bosimdagi naychalar vositasida biriktiriladi.
Plunjerning bitta yo’lida sektsiya beradigan yonilg’i miqdori (davriy uzatish) KamAZ-740 dvigateli
uchun 75,0- 77,5 mm
3
/tsiklni tashkil qilishi kerak. Nasos sektsiyalari berayotgan yonilg’ining notekisligi
±5% dan oshmasligi lozim. Sektsiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: Vmax - eng ko’p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan sektsiyaning ko’rsatgichi, mm
3
Vmin - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan sektsiyaning ko’rsatkichi, mm
3
Nasosdagi har bir sektsiyaning yonilg’i berishi sektsiya korpusini nasos korpusiga nisbatan burish
orqali rostlanadi. KamAZ-740 dvigateli nasosining sektsiyalari soat strelkasiga qarshi burilsa, tsiklik
yonilg’i uzatish ortadi, soat strelkasi bo’yicha burilsa, kamayadi. Dizel forsunkalarida zichlik, ignani
ko’tarilishi boshlanadigan bosim va yonilg’ini purkash sifati tekshiriladi. Nosoz forsunkani ishlab turgan
dizelda, tekshirilayotgan forsunkaning tashlama gaykasini bir oz bo’shatib aniqlash mumkin. Forsunkalar
gaykasini navbatma-navbat bo’shatib, tirsakli valning aylanishlar chastotasini kuzatish kerak. Agar soz
forsunka uzib qo’yilsa, u holda dizel notekis ishlaydi. Nosoz forsunka uzilsa, dvigatelning ishlashi
o’zgarmaydi.
Forsunkalar holatini NIIAT-1609 asbobida to’liq tekshirish mumkin. Bu asbob yonilg’i
bakchasidan (1), dastasi bilan harakatga keltiriladigan yonilg’i nasosidan va manometrdan iborat.
Forsunka-2 asbobga o’rnatilgandan so’ng, richag (7) vositasida bosim asta-sekin oshiriladi.
KamAZ-740 dizeli forsunkasidagi yopiq to’zitgich korpusining zichligini jihozda, bosimni 17-
17,5MPa, Isuzu avtomobili forsunkasini 18,1- 21,6 MPa oralig’ida bir daqiqa mobaynida ushlab turib,
aniqlanadi. To’zitgich tumshug’idan 1 daqiqa davomida ikki tomchidan ortiq yonilg’i hosil bo’lib tomsa,
bunday to’zitgich ishlatishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Bu holatda plunjer juftligi yangisiga
almashtirilishi lozim. Quyida forsunkaning yonilg’ini sepish holati shakllari keltirilgan (10- rasm).

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling