Avtotransport vositalari servisi asoslari
Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonilg’i ta’minot tizimining diagnostika qilish ko’rsatkichlari
Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari: zichlikning buzilishi, yonilg’i baki va
trubkalaridan yonilg’ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi tufayli drossel qopqog’ini birdaniga ochilganda dvigatelning bo’g’ilib ishlashi, yonilg’i va havo tozalagichlariningifloslanishi, kalibrlangan teshik va jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi, ignali klapan zichligining buzilishi, po’kakli kamerada yonilg’i sathining o’zgarishi, yonilg’i nasosidagi diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo’qolishidan iborat. Karbyurator, yonilg’i nasosi va ularning alohida elementlarining ko’zga tashlanmaydigan nosozliklari jihozlar yordamida va avtomobilni yurgazib sinash yo’li bilan, hamda ular avtomobildan yechilganda bo’laklarga ajratib, ustaxonadagi sinash jihozlari yordamida aniqlanadi. Yonilg’i ta’minot tizimining diagnostika qilish ko’rsatkichlari: dvigatelning og’ir o’t olishi, yonilg’i sarfining oshishi, dvigatel quvvatining pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorining oshib ketishidan iborat. Ta’minlash tizimining diagnoz qo’yish ishlari quyidagilardan iborat bo’lib, dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan bir tekis aylanishi tekshiriladi va sozlanadi; karbyuratorning po’kakli kamerasidagi yonilg’i sathi va ignasimon klapanning zichligi tekshiriladi hamda tezlatish nasosining ishlashi sozlanadi, jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi, karbyurator iflosliklardan va smolalardan tozalanadi. Dvigatel salt ishlaganda, karbyuratorni kichik aylanishlar soniga sozlash uning bir tekis va tejamkor ishlashini ta’minlab turadi. Yonilg’i ta’minot tizimini diagnostikalashda avtomobilni yurgizib yoki jihoz yordamida sinash usullari qo’llaniladi. Ikkala holda ham avtomobilga maxsus qurilma "sarfaniqlagich" o’rnatilib, belgilangan rejimdagi yonilg’i sarfi aniqlanadi. Avtomobilni sinashdan avval to’liq navbatdagi davriy TXK hajmidagi ishlarni bajarish zarur. Ishlash sharioitida ta’minot tizimini diagnostikalashda 1 km tekis yo’lda yonilg’ining sarfi aniqlanadi. Bu ishni dvigatelni tortish sifatini aniqlovchi jihozda ham bajarish mumkin. Karbyuratorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi miqdori salt yurishda (0.6nnom x 100) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun 2-3.5%, zamonaviy avtomobillar uchun esa 1.5% dan oshmasligi kerak. Kundalik xizmat ko’rsatishda ta’minot tizimining zichligi tekshiriladi. Avtomobil havoda chang miqdori ko’p bo’lgan yo’llarda ishlatilganda, havo filtri tozalanadi. Bakdagi benzin sathi tekshiriladi va zarur bo’lsa benzin quyiladi. Navbatdagi davriy TXK da ta’minlash tizimidagi barcha asboblarning holati va ularning birikmalarini zichligi ko’rib chiqiladi, topilgan nosozliklar bartaraf etiladi. Tizimdagi asboblar va agregatlarning dvigatelga mahkamlanishi hamda ularning detallarini o’zaro mustahkamlanishi, havo zaslonkasi va drossel yuritmalarining to’la ochilishi va yopilishi ya’ni to’g’ri ishlashi tekshiriladi. Yonilg’i va havo filtrlari bo’yicha zarur profilaktik ishlar o’tkaziladi, benzin nasosini dvigateldan yechmasdan, uning ishlashi NIIAT (527B rusumli) asbobi yoki manometr yordamida tekshiriladi, po’kakli kameradagi yonilg’i sathi va dvigatelning oson o’t olishi hamda bir teks ishlashi tekshiriladi. Zarurat bo’lganda karbyurator salt ishlash rejimida, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miqdorini nazorat qilgan holda rostlanadi. Havo filtriga xizmat ko’rsatish moy vannasidagi moyni almashtirish (agarda moy vannasiga ega bo’lgan filtr bo’lsa), filtrlovchi elementni yuvish (agarda ko’p marta ishlatiladigan bo’lsa, aks holda yangisiga almashtiriladi) va uning dvigatelga mahkamlanishini tekshirishdan iborat. Filtrlovchi element yuviladi, so’ng toza moyga botirib qo’yiladi, u yerdan olib moy oqib bo’lguncha kutiladi va o’z o’rniga qo’yiladi. Filtr korpusining ichki tomoni kirlardan, moydan va cho’kindilardan tozalanadi. Filtr vannasiga dvigatel uchun mo’ljallangan moy (toza yoki ishlatilgan) quyiladi. Yonilg’ini dag’al tozalovchi filtrdan davriy ravishda kir va suv qoldiqlarini to’kib turish, filtrlovchi elementni esa benzin yoki atsetonda yuvib, siqilgan havo bilan purkash zarur. Filtrlovchi elementni qismlarga ajratish tavsiya etilmaydi. Karbyuratorlarni qismlarga ajratganda qistirmalar va detallarga zarar yetmasligi uchun ehtiyot bo’lish zarur. Jiklyorlar, klapanlar, ignalar va kanallar toza kerosinda yoki etillanmagan benzinda yuviladi. Bu ishlarni havosi so’rib turiladigan postlarda yoki shkaflarda bajariladi.Karbyurator korpusidagi kanallar va jiklyorlar yuvilgandan so’ng, siqilgan havo bilan purkaladi. Jiklyorlar, kanallar va teshiklarni tozalash uchun qattiq sim yoki boshqa metall buyumlar ishlatish mumkin emas. SHuningdek yig’ilgan karbyuratorni benzin beriladigan shtutser yoki balan-sirlash teshiklari orqali, siqilgan havo bilan purkashga yo’l qo’yilmaydi, chunki bu po’kakni shikastlanishiga olib keladi. Karbyurator detallarini qatqaloqlardan tozalash uchun ularni bir necha daqiqa atseton yoki benzolga solib qo’yish kerak. SHundan so’ng, detallar ho’llangan toza latta bilan yaxshilab artiladi. Karbyuratorning po’kakli kamerasidagi berkituvchi ignada zichlovchi shayba bo’lsa, bu shaybani ignadan yechish ham, uni benzin va kerosindan tashqari boshqa erituvchilarda yuvish ham tavsiya etilmaydi. Po’kakli kamerasidagi benzin sathi, avtomobilni gorizontal maydonchaga qo’yib, dvigateli ishlamay turganda tekshiriladi. Ignasimon klapanning zichligini yetarlicha aniqlik bilan, dvigateldan yechib olingan karbyuratorda yoki alohida uning qopqog’ida, rezina havo bergich (grusha) yordamida tekshirib ko’rish mumkin. Agar rezina havo bergich yordamida shtutserda siyraklanish hosil qilingandan so’ng, taxminan 15 soniya mobaynida asbobning ezilgan shakli o’zgarmasa klapanning zichligi yetarli deb hisoblanadi. Karbyuratorda ko’p miqdorda havo va yonilg’i jiklyorlari mavjud bo’lib, ekspluatatsiya jarayonida ularning teshiklari kengayib ketishi yoki yonilg’i tarkibidagi zarrachalar ta’sirida kichrayib ketishi mumkin. SHuning uchun TXK vaqtida jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati tekshiriladi. Agarda uning o’tkazuvchanlik qobiliyati me’yoridan farq qilsa, yangisiga almashtiriladi. Po’kakli kameradagi yonilg’i sathi rastlanib, jiklerlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati tekshirilib so’ngra yig’ilgan karbyurator maxsus jihozda tekshiriladi. U karbyuratorni dvigatelda har qanday ishlashini aks ettira oladi. Avtomobilga o’rnatilgan karbyuratorni sozlashdan avval dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik harorati 75-80 0 S gacha qizdirilib olinadi va o’t oldirish tizimi to’liq nazoratdan o’tkaziladi. Karbyuratorni kollektorga o’rnatish jipsligi va yonilg’i kirituvchi kanallar zichligi tekshiriladi. Undan so’ng dvigatelni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: yonilg’i sifatini sozlash vintini oxirigacha qotirib, so’ngra 1.5-2 marotaba aylantirib bo’shatiladi va drosselning tayanch vintini yoki miqdor vintini burab, mumkin bo’lgan eng kichik aylanishda ravon ishlashiga erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigatelni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon aylanishlar soni sozlanadi. Bu jarayon bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash holatiga keltiriladi. So’ngra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib, karbyurator ishlashi tekshiriladi. Bunda dvigatel o’chib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli valini eng kichik va bir tekis ishlashiga erishilgandan so’ng, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi. Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirishda o’tkazgich va filьtrlarning holati tekshiriladi, hamda ularning o’rnatilish zichliklari, ya’ni zichligi aniqlanadi va zarur bo’lsa tozalanadi. TXK davrida rezьbali birikmalar mahkamlanadi. Bir yilda bir marta (MX davrida) yonilg’i baki yuvilib, yonilg’i o’tkazgichlar siqilgan havo bilan purkab turiladi. Yonilg’i bakidan yonilg’ini kerakli miqdorda so’rilishini ta’minlash uchun, qabul qilish naychasidagi filьtr tozalanada va bakning qopqog’idagi shamollatish teshigi nazorat qilinadi. Yonilg’i nasosi TXK davrida nazorat qilinadi va unga xizmat ko’rsatiladi yoki bu jarayon o’rta hisobda 5-10 ming km masofa yurilgandan keyin ham bajarilishi mumkin. Bu vaqtda uning ichki qismi va filьtrlash to’ri tozalanadi, shuningdek nasos hosil qiladigan eng yuqori bosim va havoning siyraklanishi, klapanlar zichligi va ish unumi tekshiriladi. Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki yechib olinib tekshirilishi mumkin. Yonilg’i nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli moslama o’rnatilib, dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi hosil qiladigan bosim 0.02-0.03 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 l/minut va 30 sekund mobaynida bosimning pasayishi 0.008-0.010 MPa ni tashkil qilishi kerak. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling