12-mavzu. Avtomobil dvigatelining yonilg’i ta’minlash tizimiga TXK va T ishlari
texnologiyasi.
Reja:
1. Dvigatelning yonilg’i ta’minlash tizimi.
2. Ta’minlash tizimida
uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
3. Ta’minlash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Tayanch iboralar: dvigatel,
karbyurator, injektor, ta’minlash tizmii, nosozlik, TXK, ta’mirlash, gaz
yonilg’isi, dizel yonilg’isi, bak, nasos, plunjer, klapan, texnologiya, diagnostika, element, filtr, trubka,
yonilg’i.
Karbyuratorli dvigatellarning yonilg’i ta’minlash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlash texnologiyasi. Avtomobil bo’yicha nosozliklar va buzilishlarning 5% ga yaqini ta’minot
tizimiga to’g’ri keladi. Tizimning asosiy elementi bo’lgan karbyuratorning me’yoriy to’g’ri sozlanganligi,
yonilg’i tejamkorligini ta’minlash bilan bir qatorda chiqindi gazlar tarkibidagi
zaharli birikmalarning
ruxsat etilgan kontsentratsiyadan oshmasligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
1-rasm. Benzinli dvigatelning ta’minot tizimi sxemasi: 1-havo uzatish kanali; 2-havotozalagich (filьtr);
3-karbyurator; 4 va 5-drossel va
havo zaslonkalar yuritmasi; 6-pedal; 7-yonilg’i quvuri; 8-yonilg’i satxini
ko’rsatuvchisi; 9-ko’rsatuvchi datchik; 10-yonilg’i baki; 11-bak qopqog’i; 12-yonilg’i krani; 13-dag’al
tozalagich (filьtr); 14-shovqin so’ndirgich; 15- chiqarish quvuri; 16-mayin tozalagich (filьtr); 17-yonilg’i
nasosi
Do'stlaringiz bilan baham: