Avtotransport vositalarida


Uzunligiga qarab avtobuslarning


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

1-jadval
Uzunligiga qarab avtobuslarning
turlarga ajratilishi
Avtobuslar turi
Uzunligi, m
Foydalanish sohasi
Juda kichik
5 m gacha
Umumiy
Kichik
7,0—7,5
Shahar sayyohlik
yo‘nalishlarida
O‘rta
8,0—8,5
Shahar va sha-
harlararo yo‘na-
lishlarda
Katta
9,—9,5; 10—11; 11,5—12
Shahar
yo‘nalishlarida
Juda katta
16,5—18; 22—24
Shahar
yo‘nalishlarida


10
Sig‘imiga qarab shahar ichida foydalaniladigan avtobuslar
5 turga: juda kichik (umumiy sig‘imi — 10 yo‘lovchi), kichik
(umumiy sig‘imi — 35—40 yo‘lovchi), o‘rta (umumiy sig‘imi —
45—75 yo‘lovchi), katta (umumiy sig‘imi — 85—90 yo‘lovchi) va
birlashtirilgan (umumiy sig‘imi — 135—140 yo‘lovchi), shahardan
tashqarida foydalaniladigan avtobuslar esa 4 turga: kichik (umumiy
sig‘imi — 30—35 yo‘lovchi), o‘rta (umumiy sig‘imi — 45—65
yo‘lovchi), katta (umumiy sig‘imi — 80—85 yo‘lovchi) turga
ajratiladi.
Avtobuslar kuzovining tiðiga va qavatliligiga qarab quyidagi
turlarga ajratiladi:
— kuzovning shakliga qarab vagon va kapot tiðli;
— qavatliligiga qarab: bir, bir yarim va ikki qavatli.
Dvigatelning turiga qarab avtobuslar quyidagi turlarga bo‘linadi:
— karburatorli (benzinda va gazda ishlovchi);
— dizelli (hozirda gazda ishlovchi turlari ham mavjud);
— elektrik (elektrobuslar).
Avtobuslarda dvigatel kuzovning oldida, orqasida yoki polning
tagida joylashishi mumkin.
Yengil avtomobillar ishlatilishiga, kuzov turiga, dvigatelining
ishchi hajmiga va og‘irligiga qarab turlarga ajratiladi.
Ishlatilishiga qarab yengil avtomobillar umumfoydalanishdagi,
xizmatchi, ijaradagi va shaxsiy avtomobillarga ajratiladi.
Bugungi kunda davlat tasarrufidagi avtotransport korxonalari
xususiylashtirilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirildi. Taksomotor korxonalari ustav fondining kamayib
ketishi sababli mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiril-
moqda.
Bu korxonalar bilan bir vaqtda respublikada 4000 dan ortiq
xususiy korxonalar aholiga transport xizmatini ko‘rsatmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, hozirda xususiy sektorda
transportning ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Bunga asosiy
sabab, xususiy mulkchilikning har xil ko‘rinishdagi shakllarining
vujudga kelishi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va himoyalash
bo‘yicha qonun va qarorlarning qabul qilinishi oqibatida ular orasida
erkin raqobat uchun shart-sharoitlarning yaratilishi va qonun
tomonidan himoyalanishidir.


11

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling