19
1.2. Avtobuslar ishining tasarruf ko‘rsatkichlari
1.2.1. Avtobuslar ishining miqdoriy va
sifat ko‘rsatkichlari
Avtotransport korxonalari ishini rejalashtirish va xo‘jalik
faoliyatini tahlil qilish uchun texnik-ekspluatatsion ko‘rsat-
kichlardan foydalaniladi.
Texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlar ikkiga bo‘linadi:
— miqdoriy ko‘rsatkichlari;
— sifat ko‘rsatkichlari.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar. Avtobus transportida miqdoriy
ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Tashish hajmi. Tashish hajmi ma’lum vaqt birligida (soat,
kun, oy, yil) tashilgan yo‘lovchilar soni va yo‘lovchilarning
aylanish miqdori bilan baholanadi. Yo‘lovchilarning
aylanish
miqdori tashilgan yo‘lovchilar sonini bitta yo‘lovchini o‘rtacha
tashish masofasiga ko‘paytirib aniqlanadi.
Tashishdan olingan daromad. Tashishdan olingan daromad
miqdori so‘mlarda o‘lchanadi. Bu daromad yo‘lovchilarni tashish
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tushumlarni o‘z ichiga oladi.
Agar avtobuslar buyurtma asosida ishlayotgan bo‘lsa, u
holda nechta yo‘lovchi va qanday
masofaga tashilgani hisobga
olinmaydi. Bunday hollarda daromad avtobusning
necha soat
ishlaganligi, ya’ni avt/soatga qarab aniqlanadi.
Sifat ko‘rsatkichlari. Sifat ko‘rsatkichlari avtobuslardan
foydalanish
darajasini, ya’ni foydalanish sifatini tavsiflaydi.
Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish
mumkin:
— avtomobillarning texnik tayyorgarlik
koeffitsiyenti;
— avtomobillarning
ishga chiqish koeffitsiyenti;
—
avtobuslarning ish vaqti;
— harakat tezligi;
— avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsiyenti va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: