Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Bugungi kunda yo‘nalishli taksilar sifatida qanday avtotransport
vositalaridan foydalanilyapti?
2. Yo‘nalishli taksilar avtobuslarga qaraganda qanday afzalliklarga ega?
3. Yo‘nalishli taksilarda yo‘l haqi avtobuslarga qaraganda keskin farq
qiladimi?
4. Yo‘nalishdagi taksilarda yo‘lovchilar oqimi qanday aniqlanadi?
15-rasm. Shahar yo‘lovchi transporti xizmat
ko‘rsatayotgan yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvalining
mulkchilik shakllariga ko‘ra taqsimlanishi.
Qatnov jad-
vallari soni
Avtobus
yo‘nalishlari
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi
Xususiy tashuvchi
1800
1253
1696
1056
1215
197
Yo‘nalishli
taksilar
1600
1400
1200
1000
800
600
400
200
0
42


112
3-bob. AVTOBUSLAR VA TAKSILAR HARAKATINING
NOZIMLIK BOSHQARUVI
3.1. Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi
Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi yo‘lovchi
tashuvchi avtomobil transporti ishini tashkil etish va boshqarish
texnologiyasining so‘nggi bosqichi hisoblanadi.
Bugungi kunda mavjud adabiyotlarda nozimlashtirish-
avtotransport vositalarining harakatini bir markazdan boshqarish
va sozlash ma’nosida qo‘llanib kelinyapti.
Yo‘lovchi tashuvchi transport ishini ratsional tashkil etish
ishlari ikki qismdan iborat bo‘ladi.
1. Birinchisi tashkiliy masalalar, ya’ni yo‘lovchi tashish reja-
sini ishlab chiqish va asoslash.
2. Ikkinchi masala — boshqaruv masalalari. Bu masalalar o‘z
ichiga yo‘nalishlarda transport harakatini nazorat qilish va
boshqarish hamda tashish bo‘yicha tasdiqlangan rejaning baja-
rilishini ta’minlashni oladi.
Birinchi masala bilan avtokorxonalarning tasarruf xizmati
bo‘limi shug‘ullanadi. Boshqaruv masalalari bilan esa nozimlik
xizmatchilari shug‘ullanadi.
Nozimlik xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— avtobuslarning harakat jadvaliga amal qilgan holda saroydan
chiqishini ta’minlash va nazorat qilish;
— avtobuslar harakatining yo‘nalish jadvalida belgilangan
tartibda kelishini kuzatish va nazorat qilish;
— avtobuslarning harakati yo‘nalish jadvalida belgilangandan
farq qilgan holatda harakat yo‘nalishini qayta tiklash;
— yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va
avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida
avtobuslar harakatini boshqarish;
— harakat muntazamligini ta’minlash va hokazo.
Avtobuslar harakatini nozimlik boshqarish tizimi
Avtobuslar harakatini muvofiqlashtirish vakolatlari bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti


113
agentligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi
uning bo‘limlariga hamda Toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi
transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvo-
fiqlashtirish departamentiga yuklatilgan. Ular hokimiyat ijro
etuvchi organi hisoblanib, transport tarmog‘i va yo‘nalish
tizimining rivojlanish istiqbollarini rejalashtiradi.
Yo‘lovchi avtomobil transportida harakatni nozimlik bosh-
qarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan bo‘ladi. Bu
esa, o‘z navbatida, avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat etish
va butun avtobus tarmog‘i bo‘yicha harakatni tezkor boshqarish
imkonini beradi.
Avtobus transportida nozimlik boshqaruvi tizimi avtobus
saroyining va yo‘lovchilarni tashish quvvatiga, shuningdek,
boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmay, balki bir xil asosda amalga
oshiriladi. Bunda faqat nozimlik tizimining tashkiliy-tarkibiy qismi
o‘zgarishi mumkin, xolos.
Yo‘lovchi avtomobil transportida nozimlik boshqaruvi
quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
1. Faqat markazlashgan boshqaruvni tashkil etish.
2. Rahbarlik tizimi avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
harakat rejasi asosida amalga oshiriladi va harakatni nazorat qilish,
sozlash va boshqarishni o‘z ichiga oladi.
3. Nozimlik boshqaruvi yuqori tashkilot tomonidan amalga
oshiriladi.
4. Nozimlik xizmati xodimlari oraliq bekatlardan o‘z vaqtida
axborotlarni olib turishi, boshqacha qilib aytganda, avtobusdan
ilgariroq harakat qilishlari kerak.
Nozimlik boshqaruvi murakkab tizim bo‘lib, u quyidagi
qismlardan iborat bo‘ladi (16-rasm):
16-rasm. Nozimlik boshqaruvi tizimining asosiy tarkiblari.
Nozimlik boshqaruv tizimi
Aloqa
Tarkibi
Texnologiya



114
Nozimlik boshqaruvi tizimining qismlari bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, tizim o‘zining funksional vazifalarini
bajarayotganida tezkorlikni, aniqlikni, boshqaruvning eng
yangi va zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashni ta’minlashi
kerak.
Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik markaziy nozimlik
xizmati bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi shahardagi avtobus saroy-
lari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchilarni
tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va harakat chastotasiga qarab
5 guruhga ajratiladi:
Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi.
U o‘z smenasida yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda
yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, harakat muntazamligiga va
avtobuslardan samarali foydalanishga javobgardir.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling