Avtotransport vositalarida
Belgilangan: 2016-05-26 09:23:13
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
Belgilangan: 2016-05-26 09:23:13
Harakat tezligi: 41 km/soat 140 — transport vositasining joylashgan manzilini aniqlash; — harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash; — elektron xaritada harakat yo‘nalishi chizmasini qurish; — haydovchini tovushli aloqaga chaqirish; — to‘xtab turish va harakatlanish vaqtlarini qayd qilish; — avtobus salonini audio nazorat qilish; — belgilangan yo‘nalishdan og‘ganlik to‘g‘risida axborot berish va hokazo. Shahar transporti uchun harakatlanuvchi obyektlarning monitoring tizimi yo‘nalishlardagi transport vositalarining istalgan vaqt oralig‘ida harakat chastotasini tahlil qilish, bulardan tashqari, nozimlik dasturini ta’minlash tizimi orqali yo‘nalish- dagi nazorat punktlariga qay paytda kelganligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Agar yo‘nalishda og‘ishlar vujudga kelsa, bu og‘ishlar haqida navbatchi nozimga zudlik bilan axborot yubo- riladi. 23-rasm. ÃËÎÍÀÑÑ tizimining ko‘rinishi. 141 Bu yerda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlar yengil avtomobil-taksilar uchun ham olinishi mumkinligi bilan bir paytda, buyurtmalarni qabul qilish va bajarishda katta samara berishi mumkin. Bugungi kunda transport vositalarining koordinatalari va hara- katlanish parametrlarini aniqlash uchun GPS tizimida qo‘llanib kelinayotgan tizimlardan biri «Teletrek» tizimidir (25-rasm). Transport vositasiga alohida moslama o‘rnatiladi. GPS tizimi orqali yo‘ldoshdan olinayotgan signallarga qarab uning qayerda ekanligi, tezligi, harakat yo‘nalishi kabi ko‘rsatkichlarni aniq- laydi. Bunda GPRS (General Packet Radio Service) qurilmasi mobil telefondan foydalanib ma’lumotlarni paket shaklida Internet orqali elektron pochtani yuborish imkonini beradi. To‘plangan ma’lumotlar kodlanadi va GSM (Global System for 24-rasm. Transport vositalarining harakatlanish parametrlari haqida navbatchi nozimga axborot yuborish sxemasi. Nozim (Dispetcher) va boshqa foydalanuvchilar INTERNET Ma’lumot Boshqaruv GPRS Bortli qurilma Ma’lumotlar bazasining markaziy serveri 142 Mobile communications — global mobil aloqa tizimi) tarmog‘i va Internet orqali nozimlik markaziga yuboriladi. GPS tizimlaridan, yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari boshqa maqsadlarda, masalan, haydovchilarga yo‘nalish to‘g‘risida yo‘riqnomalar berishda, xavfli uchastkalarda xavfsiz harakatlanishni o‘rgatishda, sodir etilgan yo‘l transport hodisasining sabablarini bevosita joyga bog‘lab tahlil etishda va hokazolarda foydalaniladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling