Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.10. Taksilarda tashishning nozimlik boshqaruvi
Takrorlash uchun savollar:
1. Har kuni ish tugaganidan keyin nozimlar nima tayyorlay- dilar? 2. Nozimlarning kundalik hisobotini tahlil qilish natijasida nimalar aniqlanadi? 3. Chiðta-hisob varaqasini tahlil qilish natijasida nimalar aniqlanadi? 3.10. Taksilarda tashishning nozimlik boshqaruvi Yengil avtomobil-taksilar davlat tasarrufida bo‘lgan davrlarda ularda tashishning nozimlik boshqaruvi juda yaxshi tashkil etilgan edi. Taksomotor saroylari hisobida bir necha yuz, hatto mingdan ortiq transport vositalari mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda ham aholiga minglab avtomobillar xizmat ko‘rsatyapti. Ammo, ular- ning asosiy qismi xususiy avtomobillar bo‘lgani sababli taksilarda tashishning nozimlik boshqaruvi butunlay o‘zgarib ketdi. Bugungi kunda ilgaridagidek, maxsus taksilarning to‘xtash joylari mavjud emas. Taksilar, asosan, haydovchilarning tashabbusi bilan to‘xtash joylarini tanlayaptilar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, taksilarning to‘xtash joylari rejalashtirilmaganligi sababli haydovchilar hara- kat xavfsizligi masalalarini ikkinchi darajaga qo‘yib, to‘xtash taqiqlanadigan joylarda to‘xtab turib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqdalar. Taksilarga buyurtma berish va ularni bajarish masalalari ham tarqoq holda amalga oshirilyapti. MNX, asosan, buyurtmalarni qabul qilish va uni bajarish bilan shug‘ullanyapti. 135 Bulardan ko‘rinib turibdiki, taksilarda tashishning nozimlik boshqaruvi zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalardan biridir. Buning uchun yengil avtomobil-taksilar harakatini samarali boshqarish bir markazdan amalga oshirilishini qaytadan tashkil etish kerak. Nozimlik boshqaruvi tizimini ishlab chiqish va kiritish avtomobil-taksilardan foydalanish samaradorligini oshiradi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi (20-rasm). Yengil avtomobil-taksilar harakatining nozimlik tizimi markazlashgan tamoyil bo‘yicha boshqarilishini qayta tiklash eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolyapti. Nozimlik boshqaruvi tizimi boshqarish va nozimlik aloqa- sining texnik vositalari bilan jihozlanganda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nozimlik xizmati tarkibi tanlanganda va boshqarishning namunaviy jarayonlari kiritilganda o‘z samarasini ko‘rsatadi. Taksomotor transporti nozimlik xizmati tizimining kiritilishi quyidagilarni hal qilish imkonini yaratadi: — avtomobil-taksilarni shoshilinch va oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha mijozga tezkorlik bilan eng yaqin masofada yetkazib berish; 20-rasm. Taksomotor saroyi markaziy bosh- bekatining tarkibiy sxemasi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling