Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.8. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda nozimlik boshqaruvi
Takrorlash uchun savollar:
1. Shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslar harakatiga nozimlik boshqaruvi qanday tamoyillarga asoslanadi? 2. Shahardan tashqarida avtobuslar harakatiga nozimlik boshqaruvining asosiy vazifalariga nimalar kiradi? 3.8. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda nozimlik boshqaruvi Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus harakatiga rahbarlik qilish faqat viloyat ichidagi shoxbekatlar nozimlari orqali amalga oshi- riladi. Viloyatlararo va shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus haraka- tini boshqarish yo‘nalishning uchastkalari bo‘yicha alohida- alohida amalga oshiriladi. Shaharlararo yo‘nalishning har bir viloyat hududidan o‘ta- digan qismi bir uchastka hisoblanadi. Shaharlararo avtobus aloqalarida harakatni nazorat qilish shahar yo‘nalishlaridagidan farq qilib, yo‘nalishdagi har bir avtobus to‘xtash bekatlarida amalga oshiriladi. Shaharlararo yo‘nalishlardagi nozimlik xizmati tizimi quyi- dagilarni ta’minlashi kerak: — butun yo‘nalish masofasida haydovchilarning harakat jadvaliga rioya qilishini va har bir oraliq bekatga o‘z vaqtida kelib- ketishini nazorat qilishni; — avtobus harakati jadvaldagidan farq qilganda harakatni sozlashni; — tashishga talab oshgan yo‘nalish uchastkalarida avtobus harakatini jadallashtirishni; — har bir yo‘nalish bo‘yicha oldindan va shu vaqtning o‘zida chiðtalarning sotilishi haqida tezkor ma’lumotlar olinishini ta’minlash. 132 Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida harakatni boshqarish uchun nozimlik xizmati yetarli texnik aloqa vositalari bilan jihozlanishi kerak. Shaharlararo telefon aloqasi, teletayp va telegraf aloqasi, o‘ziga tegishli bo‘lgan bevosita shaharlararo telefon aloqasi, radiotelefon, uyali telefon, GPS aloqasi, elek- tron pochta kabilar nozimlik aloqa vositalari hisoblanadi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida harakat muntazamligini oshirish bosh va shoxbekatlarda shtamp soat o‘rnatilishi orqali amalga oshiriladi. Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus harakati jadvalda ko‘rsa- tilganidan 5 daqiqadan ortiq farq qilmagan holatiga muntazam harakat deyiladi. Quyidagi ma’lumotlar asosida shaharlararo yo‘nalishlarda nozimlik boshqaruvi amalga oshiriladi: — avtobusning reysga jo‘nash vaqti; — oraliq, to‘xtash bekatlaridan o‘tgan vaqti; — yo‘nalishlarning oxirgi bekatiga avtobusning kelgan vaqti; — har bir reysda avtobusdagi bo‘sh o‘rinlarning soni; — yo‘nalishning har ikkala tomoni bo‘yicha oldindan sotilgan chiðtalar soni; — yo‘nalishlarda qatnayotgan avtobuslardagi bo‘sh o‘rinlar soni va boshqalar; — avtobuslar reysga jo‘nagandan 5—15 daqiqa o‘tgandan keyin ma’lumotlar barcha shox va boshbekatlarga yetkaziladi va nozimning kunlik hisobotida qayd qilinadi. Xalqaro avtobus yo‘nalishlari nozimlik xizmatida chegara boshbekatlarini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Chegaradagi boshbekatlar zamonaviy texnik nozimlik xizmati aloqa vositalari bilan jihozlanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling