Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Avtobuslarning ishga chiqishini tashkil etish
Takrorlash uchun savollar:
1. Harakat muntazamligining ta’minlanishi uchun qanday shart bajarilishi kerak? 2. Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining asosiy sabablari nimalardan iborat? 3. Harakat muntazamligini oshirishning qanday usullari mavjud? 4. Yo‘lovchilar transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi qanday afzalliklarga ega? 3.5. Avtobuslarning ishga chiqishini tashkil etish Yo‘lovchilar oqimining kunning soatlari va yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlanishi, yo‘l va boshqa sharoitlarning o‘zgarib turishi yo‘nalishlarda ishlayotgan avtobuslar ish soatlarining bir- biridan farq qilishiga olib keladi. Bu esa korxonadagi hay- dovchilarning oylik ish kunlari va soatlarining ham bir-biridan keskin farq qilishiga sabab bo‘ladi. Avtobuslarning ishga chiqishini har bir haydovchining mehnati va dam olishini hisobga olib tashkil etish kerak bo‘ladi. Avtobuslarni ishga chiqarishni tashkil qilish uchun avtobus saroyining tasarruf xizmati bo‘limi dastlab barcha yo‘nalishlarda va buyurtma bo‘yicha safarga chiqarilishi rejalashtirilgan avtobuslarning bir kunlik talabnomasi bilan tanishib chiqadi. Nozim nazorat chiqarish punkti navbatchi mexanigi bilan birgalikda safarga chiqishi kerak bo‘lgan va zaxiradagi avtobuslarning texnik tayyorgarlik holatini aniqlaydi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha avtobuslarga chiðtachilar va zaxira haydovchilarining taqsimlanishini, avtobuslarni safarga chiqarish bilan bog‘liq farmoyishlarni o‘rganadi. Nozimlik xizmatida yo‘l varaqasi va boshqa hujjatlar bilan tanishadi. Nozim oldingi kungi nozimlik hisobotini, avtobuslar harakat muntazamligini, har bir yo‘nalish bo‘yicha tashish hajmining bajarilishini o‘rganib chiqadi. Shuningdek, avtobus yo‘nalishlari va avtosaroy bo‘yicha oylik rejaning bajarilish ahvoli bilan tanishadi. Avtosaroy texnik xizmati navbatchisi avtobusning haqiqiy saroydan chiqish vaqtini yo‘l varaqasiga belgilaydi. Qabul qilingan nozimlik xizmati nizomiga muvofiq avtosaroy navbatchi nozimi muntazam ravishda markaziy nozimlik bosh bekatining bosh yoki katta navbatchi nozimiga avtobuslarning safarga chiqarilishi haqidagi ma’lumotni beradi. Saroy nozimi avtobuslarning yo‘nalishdagi harakatini va ishini nazorat qiladi. Shaharlarda avtobus boshbekati bo‘yicha 128 navbatchi nozim avtobusning boshbekatga kelish vaqti haqidagi ma’lumotni saroy nozimiga yetkazadi. Avtobuslarning safardan vaqtidan oldin qaytib kelgan holatlarida yo‘l varaqasiga haqiqiy qaytib kelish vaqti belgilanadi. Bu haqda nozimlik kun hisobotida ma’lumot beriladi. Nozim safardan qaytib kelgan avtobuslar o‘rniga zaxiradan avtobus jo‘natadi. Avtobuslarni safarga stansion harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtda chiqariladi. Nozim ish kunining oxirida yo‘l varaqasiga va nozimlik jurnaliga avtobuslarning saroyga haqiqiy qaytib kelish vaqtini qayd qiladi. Avtosaroy nozimlik xizmati xonasida avtobuslarning safarda, saroyda va texnik xizmat ko‘rsatishda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus nozimlik ko‘zgusida aks ettiriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling