Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Avtomobil va boshqa turdagi yo‘lovchi transportlar ishini muvofiqlashtirish
Takrorlash uchun savollar:
1. Yo‘lovchilarni tashish xizmatiga tariflar qaysi tashkilot tomonidan belgilanadi? 2. Tarif deb nimaga aytiladi? 3. Tariflar qanday turlarga bo‘linadi? 4. Qaysi paytda yagona tarif qo‘llaniladi? 5. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida qanday tarif qo‘llaniladi? 6. Qaysi paytda poyas chiðtalari ishlatiladi? 7. Yengil avtomobil-taksilarda daromad qanday aniqlanadi? 8. Yo‘lkira haqi jadvalini tuzish nima uchun kerak? 9. Yo‘lkira haqi jadvali qanday tuziladi? 4.3. Avtomobil va boshqa turdagi yo‘lovchi transportlar ishini muvofiqlashtirish Yo‘lovchi tashuvchi transport ishini rejalashtirish va tashkil etish masalalari hal qilinayotganida strategik-logistik boshqaruv tamoyillaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Strategik-logistik boshqaruv tamoyillaridan foydalanish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalish — mintaqadagi barcha transport faoliyatini va tuzilmasini markazdan, ya’ni yagona buyurtmachi sifatida muvofiqlashtirish. Bu yo‘nalish mahalliy tashkilotlar tomonidan berilgan vakolatlar asosida transport ishini litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi yo‘nalish — barcha turdagi yo‘lovchi tashuvchi transport turlarining harakatini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi. Transport turlari harakatini muvofiqlashtirish juda samarali uslub bo‘lib, boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi. Toshkent shahrida bir necha yillardan beri yo‘lovchi transportlari (avtobus, avtomobil-taksi, trolleybus, tramvay, metro) harakatiga yagona boshqarish tizimi joriy qilingan. 152 Hozirgi kunda aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash va transportlar harakatining unumdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan mamlakatimizdagi shahar hokimiyatlari tarkibida yo‘lovchi tashish transporti boshqarmalari tashkil qilingan. Bu ishlarni Toshkent shahri misolida ko‘rish mumkin. Barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbul holga keltirish shaharda yo‘lovchi tashish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, litsenziyalar berish huquqiga ega bo‘lgan holda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini qat’iy tender asosida belgilash, raqobat muhitini vujudga keltirish va barcha yo‘lovchi tashuvchilar, shu jumladan, xususiylar uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoit yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash, shahar avtobus va elektr transportida yo‘lovchi tashish bo‘yicha cheklangan tariflarni belgilash yuzasidan shahar hokimiga moliya idoralari bilan kelishilgan takliflarni kiritish, ularga rioya etilishini nazorat qilish, shaharda yo‘lovchi tashishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan, yerusti yo‘lovchi transportida yo‘l haqi to‘lash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish va shahar yo‘lovchi transporti harakat yo‘nalishlarida nazorat o‘rnatish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Transportning barcha turlarini muvofiqlashtirish markazi shahar hokimligining tarkibiy bo‘linmasi sifatida Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga uning asosiy vazifalari etib belgilab berildi. Shahar atrofi va shaharlararo aloqalarda yo‘lovchilar avtomobil (avtobus va yengil avtomobil-taksi) transportlarida tashishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatlar viloyatlardagi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining bo‘limlariga berilgan. Ushbu transportlar harakatini muvofiqlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — ayrim turlar orasida yo‘lovchi tashish hajmini to‘g‘ri taqsimlashni; — yagona transport tarmog‘ini va yo‘nalish tizimini kelishuvga asosan tuzishni; — avtobuslar harakati jadvalini temiryo‘l poyezdlari va samolyotlarning yo‘nalishlari, jo‘nash va kelish vaqtlariga moslab tuzishni; — transport inshootlari va dispetcher aloqa vositalaridan birgalikda foydalanishni; 153 — yagona yo‘lovchi chiðtasiga asosan to‘g‘ri va aralash aloqani tashkil qilishni; — barcha turdagi yo‘lovchi transportlaridan foydalanish qoidalarining kelishuvini. Ayrim turdagi transportlar harakatini muvofiqlashtirishning to‘g‘ri tashkil qilinishi yagona tarif tizimini qo‘llashga, dastlabki hisob va hisobotni hamda hujjatlarning aylanishini bir xil shaklga keltirishga imkoniyat tug‘diradi. Shahar yo‘lovchi transporti ishini moslashtirish masalalari yechilayotganida har bir transport turining afzalliklari va kam- chiliklari hisobga olinishi kerak (18-jadval). 18-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling