Avtotransport vositalarida
Yengil avtomobil-taksilarda tariflar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2.5. Yo‘lkira haqi jadvalini tuzish
4.2.4. Yengil avtomobil-taksilarda tariflar
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududlarida yengil avtomobil-taksilaridan foydalanilganda belgi- langan tarif bo‘yicha kira haqi olinadi. Yo‘lovchidan undiriladigan kira haqi tarkibi 1 kilometr masofa, 1 taksiga chiqish (posadka) va 1 soat mijoz ixtiyori bilan to‘xtab turish tariflaridan tashkil topadi. Yo‘lovchilardan kira haqini undirib olishda yengil avtomobil- taksilarda o‘rnatiladigan T-9D turdagi taksometr asbobidan foydalaniladi. Yengil avtomobil-taksi mijoz ixtiyorida bo‘lganida taksometr asbobi 2 xil ish tartibida ishlaydi: 1. Yengil avtomobil-taksi 10 km/soat tezlikkacha harakat qilganida va mijoz ixtiyorida to‘xtab turish vaqtlarida. 2. Yengil avtomobil-taksi 10 km/soatdan katta tezlikda harakat qilganida. Taksometr asbobi harakatini birinchi holatda soat mexa- nizmidan, ikkinchi holatda esa reduktor yordamida uzatmalar qutisidan oladi. Bugungi kunda yo‘lovchilar tashish bilan, asosan, xususiy tashuvchilar shug‘ullanayotgani uchun tashuvchi bilan yo‘lovchi o‘rtasida shartnomaviy tarif qo‘llanilyapti. Bu esa raqobat davrida tashish haqini iloji boricha kamaytirishga, transport xizmatini ko‘rsatish sifatining esa oshishiga olib kelyapti. Masalan, bugungi kunda talabalar birgalikda yaqin masofaga yengil avtomobil-taksidan foydalanganliklarida bitta bo‘lib haq to‘laganliklari uchun ularning xizmatidan keng foydalanyaptilar. 150 4.2.5. Yo‘lkira haqi jadvalini tuzish Ma’lumki, yo‘lkira haqi tashish turiga qarab belgilanadi. Avval aytib o‘tilganidek, tarifning qiymati yo‘lovchilarni 1 km masofaga tashish uchun sarflangan xarajatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda chiðta narxini tashish turiga qarab tegishli hokimiyat organlari belgilaydi. Chiðta narxini belgilashda shahar ichida tashishlarda muammo yo‘q, chunki bunday tashishlarda yagona tarif tizimi qo‘llaniladi. Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarda yo‘l haqini undirishda bir qancha noqulayliklarga duch kelinadi. Bunday tashishlarda yo‘lovchilar yurgan masofalariga qarab yo‘lkira haqini to‘laydilar. Ularning yurish masofasi esa bir-biridan ancha farq qiladi. Qolaversa, yo‘nalishdagi oraliq bekatlardan chiqqan yo‘lov- chilarning yurgan masofasini tez aniqlash ham vaqt talab qiladi. Bu masalani oson hal etish uchun narxlar jadvalidan foyda- laniladi. Buning uchun, avvalo, 1 km yurilgan masofa uchun yo‘lkira haqining miqdori aniqlanadi. Yo‘nalish tarif uchastkalariga bo‘lib chiqiladi. Tarif uchastkalariga bo‘lishda avval har bir yo‘lovchi uchun eng kichik yo‘l haqi miqdori aniqlanadi. Masalan, 1 km yurilgan masofa uchun tarif miqdori 2,5 so‘m bo‘lsin. Bitta yo‘lovchidan undirilishi kerak bo‘lgan yo‘l haqining minimal miqdori 5,0 so‘m bo‘lsin. Demak, yo‘lovchining yurgan masofasi 2 km dan kam, ya’ni 0,5 km bo‘lishi yoki 0,3 km bo‘lishidan qat’i nazar, 5,0 so‘m to‘lashi kerak. Endi ikkinchi masala, ya’ni yo‘lovchi 2,0 km dan ko‘proq masofaga bordi. Unda yo‘lovchidan qancha haq undirilishi kerak? Bu masalani yechishni osonlashtirish uchun yo‘nalish uzunligi tarif uchastkalariga bo‘lib chiqiladi. Buning uchun yo‘nalish uzunligini 2 km dan bo‘laklarga ajratamiz. Masalan, yo‘nalish uzunligi 17,4 km bo‘lsin. Unda yo‘nalish 8,6 ta uchastkaga bo‘linishi kerak. Agar bo‘laklar soni 0,5 dan kichik bo‘lsa, u kichik tomonga va qolgan hollarda katta tomonga yaxlitlanadi. Bizning misolda 0,6 bo‘lgani uchun 9 ta tarif uchastkasini qabul qilamiz. Boshlang‘ich bekatdan birinchi bekatgacha bo‘lgan masofa 1,8 km bo‘lsin. 1,8 ni 2,5 ga ko‘paytiramiz va 4,5 so‘mni aniqlaymiz. Minimal tarif 5,0 so‘m bo‘lgani uchun uni 5,0 so‘m deb belgi- laymiz. Boshlang‘ich bekatdan uchinchi bekatgacha bo‘lgan masofa 5,7 km bo‘lsin. 5,7 ni 2,5 ga ko‘paytirib 14,25 so‘mni topamiz. Bunday pul yo‘q bo‘lganligi sababli yo‘l haqini 15 so‘m deb belgilaymiz. Yo‘l haqini belgilashda u yoki bu tomonga 20% gacha 151 o‘zgartirishga ruxsat etiladi. Xuddi shunday yo‘l bilan ikkinchi bekatdan qolgan bekatgacha bo‘lgan yo‘l haqini aniqlash mumkin. Bularning hammasi narxlar jadvaliga yozib qo‘yiladi. Agar shahar atrofi yo‘nalishining bir qismi shahar ichidan o‘tgan bo‘lsa, shahar ichida yagona tarif bo‘yicha, tashqarisida esa yurilgan masofa bo‘yicha yo‘l haqi undiriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling