Avtotransport vositalarida
Yo‘lovchi avtomobil transportida nazorat
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
4.4. Yo‘lovchi avtomobil transportida nazorat
qilishni tashkil etish Ma’lumki, agar biron-bir muassasaning yoki tashkilotning faoliyati nazorat etilmas ekan, bunda birinchi galda iste’molchilar zarar ko‘radilar. Shuning uchun ham avtokorxonalar ishini nazorat qilishni tashkil etish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Nazorat qilish ishlarining nima maqsadda va kim tomonidan amalga oshirilishiga qarab ikki turga ajraladi: — korxona faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish; — korxonadan yuqori darajada turgan boshqaruv organlari va korxonaning o‘zi o‘tkazadigan ichki nazorat. Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yanada rivojlantirishga yordam berish ulardagi qonunbuzarliklarni fosh qilish yoki oldini olish maqsadida o‘tkazadigan nazoratlar davlat nazorati deb ataladi. O‘tgan davr ichida ATK faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishni takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy baza yaratildi. Bunday hujjatlarning eng asosiylaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda 717-I-son bilan qabul 18-jadvalning davomi Tramvay 1. Tashish imkoniyatining yuqo- riligi 2. Tashish tannarxining kichik- ligi 3. Harakatlanuvchi tarkibning xizmat qilish muddatining kat- taligi 4. Boshqarishning soddaligi 1. Manyovrlanganligining kichikligi 2. Atrof-muhitning shovqinga to‘ldirilishi 3. Dastlabki xarajatlarning sezilarli darajada ko‘pligi 4. Oldinda to‘xtab turgan tramvaydan o‘tish imkoniya- tining yo‘qligi. Rele va elektr tarmoqlari bilan ko‘chani tiqilinch qilishi 155 qilingan «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi Qonunidir. Ushbu qonunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari, tekshiruv turlari va boshqalar bayon etilgan. Unda tekshirishlarni o‘tkazish shartlari, tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tekshiruvchi organlar va mansabdor shaxs- larning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham to‘liq bayon etilgan. Korxonaning yuqori tashkiloti va korxonaning o‘zi tashkil etadigan nazorat-taftish ishlarining asosiy maqsadi korxonaning daromadini oshirish va har xil qoida hamda qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu ishlarning ichida yo‘nalishlarda avtobuslar va yengil avtomobil-taksilar ishini nazorat qilish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi va ular quyidagicha amalga oshiriladi: — avtobuslar va avtomobil-taksilarning ish tartibiga rioya etishini nazorat qilish; — haydovchilar va konduktorlar tomonidan moliyaviy intizomga amal qilinishini nazorat qilish; — yo‘lovchilarni tashish qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilish; — reydlar o‘tkazish yoki butun yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi nazorat-taftish ishlarini o‘tkazish. Shahar ichi yo‘nalishlarida avtobuslarda tashishni nazorat qilish davrida ularni bekatlar orasida harakati paytida to‘xtatish taqiqlanadi. Nazoratchilar avtobusga faqat bekatda to‘xtab turganida chiqishlari yoki tushishlari mumkin. Shahar atrofi va shaharlararo yo‘na- lishlarda bekatgacha 200—250 m masofa qolganda to‘xtatish va tekshirishga ruxsat etiladi. Bunda avtobuslar to‘xtaydigan joyda harakat xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi, ya’ni yo‘l harakati qoida- lariga amal qilingan bo‘lishi kerak (masalan, to‘xtash taqiqlanadigan joylarda avtobusni to‘xtatish taqiqlanadi va hokazo). Nazorat muntazam ravishda yoki butun ish kuni davomida amalga oshirilishi mumkin. Bunday nazoratlar shahar ichi va yo‘nalishlarida bir kunda 5—6 marta, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda 3 kunda bir marta, avtomobil-taksilarda esa 2 kunda bir marta amalga oshiriladi. 156 Bir oyda bir marta avtobus yo‘nalishida butun ish kuni davomida o‘tkaziladigan nazoratlar, asosan, avtobuslarga kunlik daromad rejasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Haydovchilar va chiðtachilar tomonidan moliyaviy intizom shu qatnov davomida sotilgan biletlarning seriyasi va raqamini tekshirishdan boshlanadi va chiðta-hisob varaqasi bilan tekshiriladi. Shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda sotilgan biletga qarab yo‘lovchilar yurgan masofasi uchun to‘g‘ri haq to‘laganligi aniqlanadi. Bunda biletga qo‘yilgan barcha belgilar to‘g‘riligi tekshiriladi. Xuddi shunday usulda olib ketilayotgan bagaj uchun haq to‘langanligi tekshiriladi. Agar yo‘lovchining chiðtasi yo‘qligi aniqlansa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ulardan belgilangan qoidaga asosan jarima undiriladi. Agar yo‘lovchiga shu qatnov uchun haqiqiy bilet sotil- magan bo‘lsa, bunday holat uchun guvohlar ishtirokida dalolat- noma tuziladi. Agar yo‘lovchidagi oylik yo‘l chiðtalari yoki ularning guvoh- nomalari noqonuniy deb topilsa, ular olib qo‘yiladi va yo‘lovchidan jarima undiriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling