Avtotransport vositalarida
Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslarda
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
1.9.2. Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslarda
tashishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining «Avtomobil transporti to‘g‘- risida»gi Qonunining 7-moddasiga binoan shaharlararo tashish- lar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrdan oshiq masofada amalga oshirila- digan tashishlar, shuningdek yo‘nalish masofasidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlari viloyatlararo va viloyat ichidagi yo‘nalishlarga ajratiladi. Viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslar harakati (yangi yo‘nalishlarni ochish) — viloyatlar hokimlik- lari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi departamenti tomonidan, viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha amalga oshiriladi. Viloyatlararo avtobuslarda tashishda yo‘nalish masofasi 300—400 km va undan ortiq bo‘ladi. Avtobuslarning harakat intervali yo‘lovchi oqimi qiymatiga bog‘liq. Ko‘pchilik holatlarda kuniga bir yoki ikki marta avto- buslar oxirgi bekatdan jo‘natiladi. 86 Ushbu yo‘nalishlardagi tashishlar hajmi mavsum bilan bog‘liq bo‘lib, yoz oylarida o‘sadi. Viloyat ichidagi avtobuslarda tashishda yo‘nalish masofasi 100 km gacha va undan ortiq bo‘ladi. Harakat intervali esa yo‘lovchi oqimining taqsimlanish xarakteriga qarab 30 daqiqa- dan 3—5 soatgacha bo‘ladi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yumshoq o‘rindiqli, yo‘lov- chilarga yaxshi qulayliklar yaratilgan avtobuslardan foydalaniladi. Shaharlararo avtobuslarda tashish hajmi viloyatlardagi (avtonom respublika) avtobus, temiryo‘l, havo va suv trans- portining o‘tgan 5—10 yil ichidagi haqiqiy rivojlanishini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. Bunda yo‘l tarmog‘ining rivojlanishi va obodonlashtirilishi (viloyat, respublika, avtonom respublika), aholisi sonining o‘sishi va mavsumiy notekislikni hisobga olib aholining shaharlararo avtobus aloqasini muntazam ta’minlash darajasi hisobga olinadi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida aholining harakat- chanligi deb viloyat (respublika, avtonom respublika) aholi- sining bittasiga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchi-kilometrga aytiladi. Aholining harakatchanligini aniqlaganda mahalliy sharoitni hisobga olish zarur. Shaharlararo yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarning o‘rtacha sig‘imi o‘tiradigan o‘rindiqlarga qarab hisoblanadi va bu avtobuslarda albatta bagaj uchun bo‘limlar mavjud bo‘lishi kerak. Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan yoki yo‘nalish uzunligi 400 km va undan ortiq bo‘lganda avtobusda yo‘lovchilarni tashishni tashkil etishda avtomobilda haydov- chining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak. Qolgan barcha ko‘rsatkichlar mahalliy sharoitga qarab o‘rnatiladi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish hajmi va yo‘lovchi aylanishi quyidagi formula orqali aniqlanadi: Q = P y /l or‘t , yo‘lovchi; bunda: P y — yo‘lovchi aylanish (yo‘lovchi-kilometr); l o‘rt — o‘rtacha qatnov masofasi. Perspektiv yilga yo‘lovchi aylanishi P y = b · N, yo‘lovchi- kilometr. 87 Bunda: b — aholining harakatchanligi, shahar atrofi yo‘nalishida bitta yashovchiga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchi-kilometr; N — viloyat, respublika, avtonom respublika aholisining soni. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish sotilgan chiðtalar asosida amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar oqimini o‘rganishda so‘rovnoma, jadval va ko‘z bilan kuzatish usullaridan foydalaniladi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarini tanlashda va ularni asoslashda quyidagilar hisobga olinadi: — shaharlar orasida yo‘lning mavjudligi, ularning holati, yo‘l qoplamasining turi, obodonlashtirilganligi; — shaharlar orasidagi transport qatnovi tafsilotlari va oraliq aholi yashash punktlariga borishi; — kutilayotgan yo‘lovchi oqimi va yo‘lovchilarning o‘rtacha yurish masofasi; — yo‘lovchilar oqimining yil mavsumi, oy va hafta kunlari bo‘yicha o‘zgarishi; — yo‘lovchilarning oxirgi bekatga qatnov vaqti, qatnov vaqtining tashish sharoitiga va qulayligiga ta’siri; — shu yo‘nalishda boshqa turdagi transportlarning mav- judligi, tashish vaqti va qulayligi; — avtobus yo‘nalishi bo‘yicha harakat xavfsizligining ta’minlanishi; — yo‘nalishlar bo‘yicha tashish rentabelligining ta’minlanishi; — yo‘nalishlarni tanlashda har xil turdagi transport vosita- larida tashish sharoiti va tannarxi ham taqqoslanadi. Temiryo‘l va boshqa transport turlari yetarlicha rivojlan- magan tumanlarda shaharlararo avtobus yo‘nalishlari masofasi 1000 km va undan ortiq bo‘ladi. Yo‘lovchilarning safarda bo‘lishi bir kundan oshib ketadi. Shuning uchun ham yo‘na- lishni tanlash va asoslash uchun transport turlarida yo‘lov- chilarga yaratilgan sharoit va tashish haqi taqqoslanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling