Avtotransport vositalarida


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

D
Q T
Shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlardagi avtobuslarda
tashishdan olingan daromadni hisoblash formulasi:
 
1yo‘l km
;
D
P T
bu yerda: P — bajarilgan yo‘lovchi-kilometr;
1yo‘l km
T
— bir yo‘lovchi-kilometr uchun belgilangan
tarif.
Avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda yo‘lkira haqini bilet
sotish orqali yig‘iladi. Bunda biletlarni haydovchining o‘zi yoki
chiðtachi sotishi, yoki avtobuslarga maxsus kassalar o‘rnatilgan
bo‘lishi mumkin. Yo‘nalishlarda xizmat qilayotgan avtobus
chiðtachisi mehnatiga vaqtbay mukofotli usulda haq to‘lanadi.
Chiðtachisiz ishlaydigan avtobuslarda haydovchiga sotgan
chiðtasi bahosining ma’lum bir foizi chiðtachilik vazifasini
bajarganligi uchun to‘lanadi.


77
Agar yo‘lkira haqi kassalar yordamida yig‘iladigan bo‘lsa,
haydovchi ishga chiqishdan oldin kassalarning texnik holatini
tekshiradi. Nosozlik holati aniqlangan hollarda uni tuzatish
chorasini ko‘radi.
Haydovchi kassirdan chiðta va uning hisobini yuritish
varaqasini oladi. Ish kuni oxirida haydovchi ishlanmay qolgan
chiðtani va chiðta hisobini yuritish varaqasi bilan birga tashish
haqi tushumini avtokorxonadagi chiðtachi kassirga topshiradi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tashilayotgan yo‘lovchilar
soni oshgani sari chiðtasizlar soni ham oshadi. Tashish uchun
haq olishni tashkil qilishdagi kamchilikning oldini olish va
tushumni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida yo‘lovchilarga
bugungi kunda konduktor xizmati amalga oshirilyapti.
Nazoratni kuchaytirish va chiðta olishni yo‘lovchilarga mun-
tazam ogohlantirib turish maqsadida avtobuslar ovoz kuchay-
tirgichli texnik qurilmalar bilan ham jihozlangan.
Tashish haqi tushumini va saqlanishini nazorat qilishning
yaxshilanishi natijasida yo‘lovchi tashish rentabelligi oshadi.
Yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifati sezilarli
darajada o‘sadi. Tashish tushumining ko‘payishi bilan avtokor-
xona tarkibini yangi avtobuslar bilan to‘ldirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi o‘n yilliklar davomida
Toshkent shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lkira haqini
to‘lashning quyidagi tizimi amal qilmoqda:
— yo‘lovchi transportdagi har bir qatnovi uchun naqd pul
bilan hisob-kitob qiladi va chiðtachidan bir martalik yo‘l
chiðtasini sotib oladi;
— oylik yo‘l chiðtalarini oldindan xarid qiladi.
Toshkent shahrida yo‘lkira haqining yagona tarif tizimi
1958—1960-yillarda amalga joriy etilgan bo‘lib, u bugungi
kunda ham amalda qo‘llanilyapti.
1982—1990-yillarda Toshkentda tajriba tariqasida transportda
yo‘lkira haqini to‘lashning «abonement tizimi» joriy etilgan edi.
Lekin haydovchilar chiðtalarni qayta realizatsiya qilishi va
bunday chiðtalarni qalbakilashtirish mumkinligi tufayli
daromadlar yildan yilga kamayib borishi natijasida bu tizimdan
voz kechishga majbur bo‘lindi.


78
Oylik yo‘l chiðtalari xarid qilishda aholining ijtimoiy holati
(nafaqaxo‘r, talaba, o‘quvchi) hisobga olinadi, natijada
chiðtaning davlat subsidiyalari bilan qoplanadigan imtiyozli
qiymati belgilanadi.
Haydovchilar va chiðtachilar mehnatiga haq to‘lash tizimi
yo‘lkira haqini naqd pul bilan to‘lash amaldagi tizimiga
asoslanadi. Mehnatga haq to‘lashning mazkur tizimi kassaga
topshiriladigan naqd pul tushumi miqdorining ko‘payishidan
manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan.
Biroq, yo‘lkira haqini yig‘ishning amaldagi tizimi ayrim
kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi:
— amalda qatnagan yo‘lovchilar sonining kassaga top-
shirilgan tushum miqdoriga mosligini tekshirish imkoniyati yo‘q;
— tushumning bir qismi haydovchi tomonidan o‘zlash-
tirilishi ehtimoli yo‘q emas;
— oylik yo‘l chiðtalarining har bir turi bo‘yicha chiðta
egasining amaldagi qatnovlari miqdorini va bu qatnovlar qaysi
yo‘nalishlarda amalga oshirilganini tekshirish imkoni yo‘q.
«Toshavtobustrans» Uyushmasi tadqiqotlariga ko‘ra,
Toshkentda amalda bo‘lgan yo‘lkira haqini yig‘ish tizimining
kamchiliklarini mazkur jarayonni avtomatlashtirish yo‘li bilan
bartaraf etish mumkin. Bunga MDH mamlakatlarida qo‘llanib
kelinayotgan «Qulay yo‘nalish» loyihasi imkoniyat yaratadi.
«Qulay yo‘nalish» loyihasining o‘ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
Transport vositalari yo‘lkira haqini naqd pul ko‘rinishida
qabul qilish (bir martalik chiðta) yoki yo‘l hujjatlari
sifatida kontaktsiz chiðli kartalardan foydalanish uchun
terminallar bilan jihozlanadi. Bu texnologiyalardan bir
eshikli avtobuslar yoki yo‘nalishli taksilarda foydalanish
ayniqsa qulay (haydovchining statsionar terminallari), lekin
loyiha chiðtachilar ishlaydigan ikki yoki undan ortiq eshikli
avtobuslar, trolleybuslar va tramvaylarda amalga oshirilishi
ham mumkin.
Transport kartalarini sotish yoki qaytarish, to‘ldirish yoki
uzaytirish uchun muayyan joylarda (kiosklarda, do‘konlarda,
avtovokzallarda va sh.k.) kassa terminallari o‘rnatilishi, ular to‘lovga
naqd pullarni ham, bank kartalarini ham qabul qilishi mumkin.
Tizimda qatnov (shu jumladan, imtiyozli qatnovlar) hiso-
bini yuritish tashkil etiladi. Operatsiyalar haqidagi axborot


79
elektron hujjatlar shaklida ham, qog‘ozda ifodalangan shaklda —
smena tugaganidan keyin terminallar tuzadigan hisobotlarda
ham berilishi mumkin.
Axborotning elektron shakli transport operatoriga undan
transport korxonasi faoliyatini hisobga olish va tahlil qilish
uchun foydalanish imkonini beradi. Elektron ma’lumotlar
terminallardan transport operatorining hisob yuritish tizimiga
kompyuter yordamida (SOM-port orqali) yoki uyali aloqa
vositasida (GPRS-modem orqali) uzatilishi mumkin.
Yo‘lkira haqini to‘lash hisobini yuritishning avtomatlash-
tirilgan tizimida yo‘l hujjatlarining quyidagi turlari amal qiladi:
1. Bir martalik qog‘oz chiðtalar (naqd pul to‘lash yo‘li
bilan hisob-kitob qilish).
2. Ijtimoiy kartalar (imtiyozli qatnov).
3. Transport kontaktsiz kartalari.
Transport kontaktsiz kartalarining quyidagi turlari mavjud:
«Hamyon» — transport vositasida amal qiladigan tarifdan
chegirmalar qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan elektron hamyon.
«Mavsumiy» — muayyan muddatda cheklanmagan marta
qatnash huquqini beradigan chiðta.
«Abonement» — muayyan muddatga mo‘ljallangan,
qatnovlar soni cheklangan chiðta.
«Safarlar» — safarlar resursi mavjud bo‘lgan va muayyan
muddat amal qiladigan chiðta.
Transport kartalarining 93 tagacha seriyasi chiqarilishi, har
bir seriyaga 93 ta har xil tarif rejasi mos kelishi mumkin. Ular-
ning ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
1. Kartadan foydalanishning oxirgi sanasi;
2. Kartaning amal qilish muddati;
3. Karta uchun to‘lanadigan garov puli;
4. Karta summasining eng yuqori miqdori (balansi) —
«Hamyon» uchun;
5. Tarifdan chegirma — «Hamyon» uchun;
6. Qatnovlar soni (karta resursi) — «Abonement» uchun.
Misol. Talabalar uchun mo‘ljallangan, amal qilish muddati
1 oy va qatnovlar soni 40 tagacha bo‘lgan imtiyozli chiðta
34 tarif rejasiga ko‘ra amal qiladi. Nafaqaxo‘rlar uchun mo‘ljal-
langan, bir martalik chiðta tarifidan 50% li chegirma nazarda
tutilgan elektron hamyon 14 tarif rejasiga ko‘ra amal qiladi.
Qatnovlar soni cheklanmagan, lekin 1 oygacha beriladigan
chiðta 56 tarif rejasiga ko‘ra amal qiladi.


80

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling