Avtotransport vositalarida
Avtovokzallar, avtostansiyalar va
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtostansiya
1.10.
Avtovokzallar, avtostansiyalar va yo‘l qurilmalarining vazifalari Yo‘lovchilar tashishda avtobus yo‘nalishlaridagi inshootlar: avtovokzallar, avtostansiyalar, boshbekatlar va avtopavilyon- larning mavjudligi hamda ularning o‘z vazifalarini qanday bajarishi katta rol o‘ynaydi. 93 «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarida quyidagi tushuncha va atamalardan foydalanib kelinyapti. Avtovokzal — qoidaga ko‘ra, yirik shaharlarda xalqaro, shaharlararo va shahar atrofi yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsa- tishga, haydovchilarni reys oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan zarur xizmat, ijtimoiy-maishiy va sanitariya- gigiyena inshootlariga ega bo‘lgan, ichki transport hududini, yo‘lovchilar avtobuslarga chiqariladigan va tushiriladigan perronlarni hamda avtotransport vositalarini qabul qilish va jo‘natish uchun perronlarni, reyslar o‘rtasida avtotransport vositalari to‘xtab turadigan maydonchalarni, transport vosi- tasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va supurib-sidirish postlarini hamda shahar transporti kirib kelishi va to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan vokzal oldi maydonini o‘z ichiga oluvchi majmua. Avtostansiya — qoidaga ko‘ra, shaharlararo va shahar atrofi yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatuvchi, avtobuslarni qabul qilib olish va jo‘natish, yo‘lovchilarni avtobuslarga o‘tkazish va tushirish, xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsa- tuvchi xodimlarni joylashtirish, haydovchilarni reys oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan, sanitariya- gigiyena inshootlari, reyslar o‘rtasida avtotransport vosi- talari to‘xtab turadigan maydonchalar bilan jihozlangan liniyali inshoot. Avtostansiyalar avtovokzallardan kichikroq bo‘ladi. Avtovokzallar va avtostansiyalar shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobil qatnovi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish harakatiga tezkor rahbarlik qilish maq- sadida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun shaharlar, aholi yashash manzillari va avtomobil yo‘llari trassalarida, yo‘lov- chilar to‘planadigan va oxirgi to‘xtash manzillarida tashkil etiladi. Har bir avtovokzal va avtostansiya avtovokzalning toifasi va avtostansiyaning darajasini tavsiflovchi o‘z pasportiga ega bo‘lishi kerak va u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling