2.2. O`quv amaliyotini texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o`qituvchi
|
o`quvchilar
|
1-bosqich.
O`quv-amaliyotiga kirish
(15minut)
|
1.1. Tashkiliy boshlanish. O`quvchilarni amaliyotga tayyorgarligini, sanitariya-gigiyena holatini, tashqi ko`rinishi tekshiradi. Yo`qlama qiladi, texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`ydiradi.
1.2. Mavzuga kirish O`quvchilarni mashg`ulot nomi va maqsadi bilan tanishtiradi. Uyga berilgan vazifani tekshiradi. Mashg`ulot tartibini tushuntiradi. Baholash mezonlarini e’lon qiladi ( 1Ilova) .
|
Amaliyotga texnika havfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan xolda mahsus kiyimda keladi, texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`yadilar
Tinglaydilar,
|
2- bosqich
Asosiy qism
(210 min)
|
Kirish yo`riqnomasi (60 min) O`quvchilar bilimini faollashtirish.
2.1. O`quvchilarni faol ishtiroq etishlari uchun egallagan bilimlari yetarligini og`zaki savol – javob shaklida aniqlaydi (2-Ilova) va “BBB” jadvalining 2ta ustunini (3-Ilova) to`ldirishni taklif qiladi. Aniqlangan bilimlar va fanlararo bog`likligi asosida GTM ni moxiyatini tushuntiradi.
2.2. Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari turlarini, ularni farqini, qo`llanishini, Qismlarga ajratish va yig`ish ishlariga joy tayyorlashni, kalitlardan foydalanishni tushuntiradi.
2.4 Ish vaqtida asbobdan to`g`ri foydalanish, to`g`ri ushlash qoidalarini tushuntiradi
2.6. O`quvchilarni mavzu bo`yicha berilgan materialni o`zlashtirgani savol-javob qilib aniqlaydi (4-Ilova).
Joriy yo`riqnoma (130 min)
YAngi o`quv material bo`yicha amaliy mashq bajarish
2.7. O`quvchilarni ish joylariga tahsimlab Qismlarga ajratish va yig`ish ishlari jarayoniga yo`riqnoma (texnologik xarita) beradi va o`quvchilar ishlarini nazorat qiladi.
2.8. Ishlash jarayonida o`quvchilar tomonidan ko`ygan xatolarni ko`rsatadi.
Yakuniy yo`riqnoma (20 min)
2.9. Mashg`ulot tugaganidan so`ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi ishni va asboblarni qabul qiladi.
2.10. Faollik mashqlaridaqatnashadilar (6-ilova)
|
Savollarga javob beradi ,”BBB” jadvalini to`ldiradi.
Tiglaydilar, yozib oladilar.
Tomosha qiladilar, o`rganadilar
Savollarga javob beradi
Tasniflaydilar (5-ilova)
Tiglaydilar, asboblarni tanlaydilar
Tiglaydilar, yozib oladilar
O`quvchilar o`z ish joylariga turadilar va mashg`ulot raxbari ko`rsatmalariga rioya qilgan xolda ishlarini bajaradilar.
Bajargan ishlarini va asboblarni mashg`ulot rahbariga topshiradilar
Ish joyini tozalaydilar
|
3-bosqich
Yakuniy
(15 min)
|
Yakunlash.
3.1.O`quvchilarni amaliy mashg`ulot bo`yicha baxolarni elon qiladi (1a-Ilova).
3.2 Kelgusi kasbiy faoliyatlarida bu ishlarni puxta o`rganish axamiyati muhumligiga o`quvchilar etiborini qaratadi
3.3 Kelgusi mashg`ulot bilan tanishtiradi va mustaqil ish tariqasida mavzuni o`qib ”Raqamni aniqla” jadvalini (Ilova-6) to`ldiradi vazifa beradi
|
Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar
|
Benzinni purkab beruvchi ta’minlash tizimi
Benzinni purkab beruvchi tizim jadallik bilan an’anaviy karbyuratorli tizimlarni siqib chiqarmoqda. Benzinni purkab beruvchi tizimning karbyuratorli tizimga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iborat:
yonilg’i va havoni ajratilgan holda me’yorlash, berilayotgan havoga mos ravishda yonilg’ini turlicha berilishi;
me’yorlashning asosiy dasturini ko’plab omillar bo’yicha korrektsiyalash (yuklanishlar va tezliklar rejimiga, havo va sovitish suyuqligining haroratiga, atmosfera bosimiga va boshqalarga qarab);
ishlatilgan gazlarni - zondli tizimlarda neytrallash uchun aralashmani talab etilgandek aniq moslash;
dvigatelning tejamkorligi, quvvati foiz ko’rsatkichlarini 5-15 foizga yaxshilash, tashhislash, o’ziga-o’zi tashxis qo’yish;
Purkab beruvchi tizim karbyuratorli tizimga nisbatan qimmatligi, tuzilishi va foydalanish jarayonida xizmat ko’rsatishning murakkabligi bu tizimning kamchiligidir.
Benzin yuborilishiga tsiklik (davriy) purkash davomiyligini o’zgartirish yo’li bilan rostlanadigan, elektron boshqariladigan tizimlar ko’proq qo’llanilgan.
Foydalaniladigan elektromagnit forsunkalar soniga qarab bu tizimlar quyidagicha tasniflanadi:
har bir tsilindr uchun alohida forsunkali bo’ladi, (taqsimlangan purkash);
barcha tsilindrlar uchun bitta forsunkali (markaziy purkash) bo’ladi;
To’rt taktli dvigatellarda kiritish taktida benzinni 0,15-0,4 Mpa bosim ostida elektromagnit forsunkalar bilan purkovchi tizimlar keng tarqalgan.
Avtomobil dvigatellari tsilindrlariga benzinni bevosita purkash amaliy jihatdan ham qo’llanilmoqda. Bunga asosiy sabab farsunkaning ishlash sharoitini yomonligi, uni yonish kamerasiga joylashtirish qiyinligi hamda purkash bosimini balanndligidir (3,5-10,0 Mpa).
1-rasmda benzinni taqsimlangan purkash tizimi ko’rsatilgan.
Markaziy purkash tizimi ham shunga o’xshash rasmga ega bo’lib barcha tsilindrlarga benzin yuboruvchi bitta forsunkaga ega bo’ladi. Forsunka kiritish quvur yo’lining kirish qismiga o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |