Dars bosqichlari
|
Ta’lim beruvchi (o’qituvchi)
|
Ta’lim oluvchi (o’quvchi)
|
I-bosqich:
Tashkiliy qism.
(10 daqiqa.)
|
O’quvchilar davomati jarida bo’yicha tekshirilib, har bir o’quvchining ish kiyim holati tekshiriladi. Amaliyot mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi.
|
Darsga tayyor ekanliklarini ko’rsatadilar va dars mavzusi, maqsadi bilan tanishadilar.
|
II-bosqich:
Kirish yo’riqnomasi.
(40 daqiqa)
|
Mehnat xavfsizligi va sanitariya-gigiena qoidalarini tushuntirish. Ish bajarishni tashkil qilish, mavzuga tegishli nazariy bilimlarni takrorlash, texnologik ketma-ketligi bo’yicha ko’rsatmalar berib, namoyish qiladi va baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
|
Amaliy ishni bajarishda berilayotgan ko’rsatmalar o’zlashtiriladi.
|
III-bosqich: O’quvchilarning nazariy bilimlarini sinash. (test).
(20 daqiqa)
|
O’quvchilarga test savollarini tarqatadi.
|
Savollarga yozma ravishda javob beradilar.
|
IV-bosqich:
Amaliy ish.
(140 daqiqa).
|
Nazorat qilib, ko’rsatmalar beradi.
|
Ta’lim beruvchining modul bo’yicha bergan vazifalarini bajaradi.
|
V-bosqich:
Yakuniy qism. (30 daqiqa).
|
Amaliy ish natijalari tahlil qilinadi, kamchiliklarni tuzatish yo’llari ko’rsatiladi va baholash mezonlari to’ldiriladi.
|
Baholar bilan tanishadi, so’ngra ish joyini tartibga keltiradilar.
|