Avvalo birinchi grammatik qoidalarni undan so’ng qiladigan xatolarni ko’rib chiqing bu sizni kelasida qilinadigan har qanday xatolardan saqlab qoladi. Uni tugatib test yechish sirlarini yaxshilab o’rganib chiqing


Download 4.01 Mb.
bet226/290
Sana17.10.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1707098
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   290
Bog'liq
Secrets of Grammar kodi pdf

Beastly, Brotherly, Comely, Costly, Cowardly, Daily (ba’zan ravish bo’lib kelishi ham mumkin)
Deadly, Elderly, Fatherly, Fortnightly (ba’zan ravish bo’lib kelishi ham mumkin) Friendly,
Gentlemanly, Gentlewomanly, Ghastly Ghostly, Godly, Goodly, Holy, Homely, Humanly, Kingly,
Leisurely, Likely, Lively, Lonely, Lovely, Lowly, Maidenly, Manly, Masterly, Matronly, Miserly, Monthly (ba’zan ravish bo’lib kelishi ham mumkin) , Motherly, Nightly, Painterly, Priestly, Princely, Saintly, Scholarly, Shapely, Silly, Sisterly, Timely, Ugly, Ungainly, Unruly, Unsightly, Unseemly,
Unworldly, Weekly (ba’zan ravish bo’lib kelishi ham mumkin), Womanly, Worldly, Yearly (ba’zan ravish bo’lib kelishi ham mumkin)


383.

Plenty of o’rnida Plenty ishlatilinishi

Wrong: Mike had plenty work to work
Right:Mike had plenty of work to do
Plently sifat emas shu sababli o’zidan keyingi otga to’g’ridan to’g’ri bog’lanmaydi. Plenty of + noun holida ishlatilinadi. Plenty+noun holida ishlatish xato ko’plar plenty time holida ishlatishadi va bu xato plenty of time to’gri.

384.

Other va Others

Wrong: The others boys aren’t here
Right: The other boys aren’t here
Other - “boshqa” deb tarjima qilinadi, bizda bor narsa emas, boshqa har qanday narsa nazarda tutiladi. Other birlik va ko’plikdagi ot oldidan ishlatilinadi. other music- boshqa musiqa, other books – boshqa kitoblar. Others – boshqalar deb tarjima qilinadi va o’zidan keyin ot kelmaydi. Others boys bu xato hisoblanadi

385.

Worth so’zini fe’l sifatida noto’g’ri ishlatilinishi

Wrong: My bicycle worths 150$
Right: My bicycle is worths 150$
Worths – so’zi fe’l emas, sifat hisoblanadi shu sababli to be bilan ishlatilinadi.

386.

Afraid so’zini fe’l sifatida noto’g’ri ishlatilinish

Wrong: Akmal doesn’t afraid of anybody
Right: Akmal isn’t afraid of anybody
Afraid – so’zi fe’l emas,sifat hisoblanadi shu sababli to be bilan ishlatilinadi

387.

Weight so’zini fe’l sifatida noto’g’ri ishlatilinish

Wrong: Have you weighted the letter
Right: Have you weighed the letter
Weight – so’zi ot hisoblanadi shu sababli siz uni fe’l sifatida ishlatolmaysiz va ogirlik deb tarjima qilinadi. Weigh- esa fe’l(t harfisiz weight) hisoblanadi va ogirlikni o’lchamoq deb tarjima qilinadi

388.

Well o’rnida good ni noto’g’ri ishlatilinishi

Wrong: The goalkeeper plays very good
Right: The goalkeeper plays very well
Good – so’zi sifat hisoblanadi shuning uchun biz uni ravishdek ishlatolmaymiz. Sifat otni aniqlashtirib otni oldidan ishlatiladi, ravish esa fe’lni aniqlab fe’ldan keyin ishlatiladi.

389.

Ravish o’rnida sifatni noto’g’ri ishlatilinishi.

Wrong: The little girl sang beautiful
Right: The little girl sang beautifully
Biz ish-harakatni qanday , qaytarizda bajarilgani aytishda ravish ishlatamiz, sifat emas. Ravish fe’l bilan ishlatiladi, sifat ot bilan. Masalan to sing beautifully – chiroyli kuylamoq,a beautiful girl – chiroyli qiz. Buyerda sing fe’l shu uchun beautifully ravishi, girl esa ot shu uchun beautiful sifati ishlatildi

390.

Passed o’rnida past ni noto’g’ri ishlatish

Wrong: I past by your house yesterday
Right: I passed by your house yesterday
Past so’zi fe’l emas.Biz past ni ot kabi ishlatishimiz mumkin: Don’t think of the past. Sifat kabi: The past week was warm. Predlog kabi : We walked past the school. Ravish kabi: Train went past

391.

Unique or most unique

Wrong: This is the most unique dress
Right: This is the unique dress
Eslatma: Sifatlar ya’ni unique, ideal, entire, extreme, perfect turli xil sifat darajalarini qabul qilmaydi.Ular bilan birga ishlatilmaydi, oddiy darajada ishlatiladi

392.

Amount or Number

Wrong: A greater amount of people are visiting the stadium
Right: A greater number of people are visiting the stadium
Qoida : Amount sanalmaydigan otlar uchun ishlatiladi. Number sanaladigan otlar uchun ishlatiladi.
393. Each of, none of, etc. dan keyin birlik yoki ko’plik?
Wrong: Each of these girls sing well. Right: Each of these girls sings well.
Qoida : Biz each of, none of, one of dan keyin ko’plikdagi ot olamiz ammo birlikdagi fe’l ishlatamiz. Yana ko’p chalkashlikka sabab bo’ladigan birlikdagi so’zlar: every, either, neither, none, much and person. Bu so’zlardan kegin birlikdagi fe’l ishlatiladi.
Otlardagi xatolar

Sanaladigan va sanalmaydigan otlarni adashirib ishlatish juda ko’p xatoliklarga sabab bo’ladi. Bu otlar sanalamaydigan ot hisoblanadi va ko’plikda ishlatilmaydi.

394.

Advice

Wrong: Nick give me some good advices
Right: Nick give me some good advice
Advice so’zi ko’plikda ishlatilmaydi va sanalmaydigan ot hisoblanadi. Biz bitta maslahatni nazarda tutsak, biz a piece of advice ishlatamiz.

395.

Information

Wrong: Can you give me any informations? Right: Can you give me any information?
Information so’zi ko’plikda ishlatilmaydi va sanalmayidan ot hisoblanadi.

396.

Mathematics, etc. + singular verb

Wrong: Mathematics are not easy to learn
Right: Mathematics is not easy to learn
Oxiri –ics bilan tugagan fan nomlari birlikda ishlatiladi va birlikdagi fe’l oladi. Masalan:mathematics, politics, physics, gymnastics.
! Eslatma; Ba’zi sanalmaydgan otlarning oxiri s bilan tugaydi va ularning ko’pligi yo’q. Masalan: news, billiards, draughts(sport o’yinlarini ko’pi s bilan tugaydi) yoki ba’zi kasallik nomlari ham(measles). Bu so’zlar oxiri s bilan tugagan bilan ko’plik emas va ko’plikdagi fe’l olmaydi.Birlikda ishlatiladi.

397.

News + singular verb(birlikdagi fe’l)

Wrong: I’m glad that the news are good
Right: I’m glad that the news is good
News – so’zi oxiri s bilan tugab ko’plikga o’xshagani bilan lekin sanalmaydigan ot hisoblanadi. Shu sababli ko’plikda ishlatilinmaydi, a/an artiklari bilan kelmaydi va birlikdagi fe’l bilan ishlatiladi.
Eslatma: Ko’pgina oxiri -ics (e.g. mathematics, physics, athletics) bilan tugagan otlar asosan sanalmaydigan ot va ularning ko’pligi yo’q.

398.

Scissors, etc. + plural verb

Wrong: The scissors is lying on the table
Right: The scissors are lying on the table
Ikkita qismdan tashkil topgan otlar(masalan: scissors, trousers, spectacles, shears) faqat ko’plikda ishlatiladi. Agarda bu otlar a pair of so’zi bilan kelsa o’zidan keyin birlikdagi fe’l oladi.

399.

Goods,etc. + plural verbs


Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling