Avvalo birinchi grammatik qoidalarni undan so’ng qiladigan xatolarni ko’rib chiqing bu sizni kelasida qilinadigan har qanday xatolardan saqlab qoladi. Uni tugatib test yechish sirlarini yaxshilab o’rganib chiqing
Download 4.01 Mb.
|
Secrets of Grammar kodi pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. ACTIONS HAPPENING NOW
Present ContinuousPresent Continuous darak shaklini Ega undan kegin egaga mos to be va undan so’ng fe’lga ing qo’shish orqali yasaymiz. O’zbek tilida yap qo’shimchasiga to’g’ri keladi(oqiyapman, o’qiyapmiz. kelyabsiz)
Present Continuous inkor shaklini yasash uchun «to be» fe’lidan keyin «NOT» («emas») inkor yuklamasini qo’yamiz. O’zbek tilida mayap qo’shimchasiga to’g’ri keladi(o’qimayapman, yozmayapman) I am not working Men ishlamayapman You are not playing Siz o’ynamayapsiz He is not talking U gaplashmayapti
Present Continuous so’roq shaklini yasash uchun «to be» fe’li egadan oldinga o’tkaziladi. O’zbek tilida yap..mi? qo’shimchasiga to’g’ri keladi(o’qiyapsizmi?, kelyapsizmi?)
Present Continuous ishlatilishi 1. ACTIONS HAPPENING NOWHozirgi davomli zamon so’zovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ishharakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha «-yapti» qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. Mana bu gaplar hozirgi davomli zamonda ifodalangan: I am reading a book- Men kitob o’qiyapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qiyapman); Tom is playing football - Tom futbol o’ynayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Tomning futbol o’ynashi davom etib turibdi); She is doing her homework – U uyga vazifasini bajarayapti? (hozirgi vaqtda uy vazifasini bajariwi davom etib turibdi). "What are you doing at the moment?" "I'm doing my homework." - Ayni paytda nima qilyapsiz? - Men uy vazifamni bajaryapman. I’m doing my homework. I’m doing means that I am in the middle of a period of doing. So’zlovchi "I'm doing = “ Men . . . bajaryapman “ deganida nutq so’zlanib turgan ayni o’sha paytda amalda harakatni sodir etmoqda. 1.1 We can emphasize the idea of duration with still: Nutq so’zlanib turgan paytda ish-harakatni davom etib turganini still (haliyam, hali hamon) so’zi bilan ta’kidlashimiz ham mumkin. Peter is still sleeping. Don't wake him up. Peter haliyam uhlayapti. Uni uyg’otmang. 2. The action is happening around now . Hozirni atrofidagi harakatlar uchun. Bunda harakat aynan gapirlayotgan paytda davom etmasa ham lekin to’xtab to’xtab davom etadi. Harakat tugamagan bo’ladi. Ya’ni harakat aynan gapirlayotgan paytda davom etayotgan bo’lshi shartmas Adham is talking to a friend on the phone He says: I am reading a really interesting book now. Adham telfonda o’rtogi bilan gaplashayabdi. U aytadi: Men hozir qiziqarli kitob o’qiyabman Izoh: Gaplashayotgan paytida Adham kitob o’qiyamabdi. Bu degani u kitob o’qishni boshlagan lekin tugatmagan. Qisqa qilib aytsam : shu kunlarda biror ish qilayotgan bo’lasiz masalan uy qurayotgan, kitob o’qiyotgan, ish qidiryotgan, asar yozyotgan bo’lishiz mumkin va hakozo lekin gapirlayotgan paytda siz o’sha ishni qilayotgan bo’lshiz shart bo’maydi. Siz bu ishlarni tugatmagan bo’lasiz va to’xtab to’xtab davom etadi. Tepadagi misolda ham Adham shu paytda telfonda gaplashayabdi kitob o’qimayabdi lekin do’stiga qiziqarli kitob o’qiyabman dedi: Ya’ni Adham kitob o’qishni tugatmagan kitob o’qishi davom etib turibdi. Yana bir kalit so’zday narsa aytaman. Ya’ni bu zamondagi harakatlar o’zbek tilida” yapti” qo’shimchasi bilan tugaydi. Masalan o’qiyapman, yugiryabman, ishlayabman va hakozo huddi tepadagidek kitob o’qiyabman degandek Jim and John are watching television at the moment. Jim says: I am looking for a job at the moment. Jim is not looking for a job at the time of speaking. The action is happening around now, but not at the actual moment of speaking. He means that he is looking for a job these days. Ayni paytda Jim va John televizor ko’ryaptilar. John “ Ish qidiryapman hozir ” dedi. Lekin John gapiryotgan vaqtida ish qidiryotgani yo’q, ular televizor ko’ryaptilar. Ish-harakat nutq so’zlanib turgan ayni o’sha vaqtda emas, suhbat atrofida sodir etilmoqda. Ya’ni u shu kunlarda ish qidirmoqda. • He's teaching English and learning Russian. (He may not be doing either at the moment of speaking.) U ingliz tilidan dars o’tyapti va ruscha o’rganyapti. (Nutq so’zlanib turgan paytda u ushbu ikkita ish-harakatning hech birini qilmayotgan bo’lishi mumkin) Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling