Society so’zi oldidan the artikli ishlatilmaydi va the qo’ymang. Umumiy ma’noda “society” so’zi artiklsiz ishlatiladi. Agarda aniq bir jamiyat nazarda tutilsa “society” so’zi the artikli bilan ishlatiladi: “the society of Japan” or “the society of Canada” Asosan of predlogi bilan kelsa, va malum bir jamiyatni nazarda tutsa the artikli bilan ishlatilinadi. Qolgan hollarda umumiy qoida bo’ycha artiklsiz ishlatiladi. I enjoy the society of my friends(buyerda ham o’rtoqlarim jamoasi ma’lum bir jamiyat nazarda tutilmoqda ham of predlogi ham qatnashgan)
-
236.
|
Whose so’zidan keyin the artikilini ishlatilinishi xato
|
Wrong: The boy whose the father is ill has left
Right: The boy whose father is ill has left
Whose nisbiy olmoshidan so’ng the aniq artiklini ishlatmang sababi “whose” ning o’zi
ko’rsatkich(determiner)bo’lganligi uchun artiklni o’rnida ishlatiladi va ingliz tilida bitta otning olidan faqat bitta ko’rsatkich(determiner) ishlatilinadi.
-
237.
|
Work, fun, health so’zlari bilan a/an noaniq artilini ishlatilinishi xato
|
Wrong: Akmal has found a work at the bank
Right: Akmal has found work at the bank
Work, fun, health, permission bu so’zlar bilan a/an noaniq artikli ishlatilmaydi. Sababi bu otlar sanalmaydigan ot hisoblanadi. Ingliz tilida sanalmaydigan otlar oldidan a/an noaniq artikli ishlatilinmaydi.
The aniq artikli
Agarda biror narsa haqida umumiy ma’noda gapirilsa, unda the aniq artikli ishlatilinmaydi, Lekin ma’lum bir narsa haqida gaprilsa yoki gapirlayotgan narsa gapirlayotgan vaziyatda tinglovchi yoki o’quvchiga aniq bo’lsa the aniq artikli ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |