Avzu: Avtomobil


Download 19.21 Kb.
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1167505
1   2   3
Bog'liq
2-маъруза

Аvtomobil yoʼllarini passportlashtirish - passport tayyorlagan holda avtomobil yoʼllari va yoʼl inshootlarini texnik roʼyxatdan oʼtkazish.
Passportdagi maʼlumotlar kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab har 15 yilda bir martadan koʼp boʼlmagan yoki yoʼllarning holatida katta oʼzgarishlar yuz bergan joylarda oʼtkaziladigan va yillik tekshiruvlar asosida kiritiladi, oʼtgan yillar davomida yoʼllarda va yoʼl inshootlarida sodir boʼlgan oʼzgarishlarni aniqlashdan iborat.
Avtomobil yoʼllarini inventarizatsiya qilish - yoʼllarga xizmat koʼrsatuvchi tashkilotlarning mavjudligini tekshirish, asosiy aktivlarning (yoʼllar va yoʼl inshootlari) eskirganligini qayta baholash va aniqlash. Asosiy aktivlar sonini, ularning tannarxini, foizda yemirilish va pul bilan tekshirish va aniqlashtirish natijalari yoʼl tashkilotlarining balansida belgilangan yilning 1-yanvar holatiga qabul qilinadi.
Faqatgina batafsil tadqiqotlar asosida kerakli turdagi taʼmirlash ishlarini va ularning ketma-ketligini toʼgʼri oʼrnatish mumkin.
Yoʼllarni taʼmirlash, rekonstruktsiya qilishning ilmiy asoslari va ularda harakatlanishni tashkil qilishning amaldagi choralari tezlik va harakat jadalligining grafiklari, baxtsiz hodisalar va yoʼl toʼshamasi mustahkamligining chiziqli grafigi hisoblanadi.
Avtomobillarning harakatlanish rejimlarini va yoʼllarning transport-ekspluatatsion xususiyatlarini oʼrganish atrof-muhitni muhofaza qilish, transport shovqinlari darajasini pasaytirish, gaz bilan ifloslanish, tebranishlarga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish uchun ham katta ahamiyatga ega.
Harakat jadalligi va ogʼir transport vositalari sonining koʼpayishi sharoitida avtomobil yoʼllari va yoʼl inshootlarini shikastlanishdan himoya qilish alohida ahamiyatga ega.

Dunyo mamlakatlaridagi avtomobil yoʼllarining holatini tahlil qilish


Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yuk tashishning muhim qismi, shuningdek tashish xavfsizligini taʼminlash avtomobil transportiga toʼgʼri keladi. Avtotransport xavfsizligi va uzluksiz harakatlanishini taʼminlash avtomobil yoʼllarining holatiga sezilarli darajada bogʼliqdir.
Yoʼl inshootlari avtomobil transporti kompleksining eng muhim tarkibiy qismidir, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllari, sanoat va qishloq xoʼjaligi yoʼllari, shahar yoʼllari va koʼchalari, shuningdek uning normal ishlashini taʼminlaydigan korxonalar, inshootlar va tashkilotlar.
Maʼlumki, yangi avtomobilni loyihalashda ularning tashish hajmi va dinamikasi ortadi. Koʼpgina hollarda, avtomobil ishlab chiqaruvchilari yoʼllarning holatini va ularning geometrik parametrlarini hisobga olmaydilar, bu esa yoʼllarning barvaqt buzilishiga va ularning isteʼmol xususiyatlarining pasayishiga olib keladi.
Magistral va boshqa avtmobil yoʼllarning 1350 km ustuvor uchastkalarining holatini yaxshilash boʼyicha tezkor choralar koʼrilmagani natijasida kelib chiqadigan qoʼshimcha yoʼqotishlarni hisob-kitoblari shuni koʼrsatadiki, taʼmirlash kechiktirilgan birinchi yil 250 million AQSh dollarlik avtomobil parkning eskirishiga olib kelishi mumkin va kelgusi uch yil ichida bu yoʼqotishlar keskin oʼsib boradi. Eng gavjum yoʼllarni taʼmirlash uchun daromadlar va xarajatlar nisbati 10:1 va undan ortiqni tashkil etadi .
Yo’llarning ekspluatatsion harajatlari, transport harajatlari, shuningdek yoʼl harakati qatnashchilarining zararini oʼrganish shuni koʼrsatdiki, yoʼl tashkilotining yoʼllarni taʼmirlash va saqlashga sarflanadigan harajatlari transport harajatlari va yoʼl foydalanuvchilarining yoʼqotishlaridan bir necha baravar kam.
Bundan kelib chiqadiki, yoʼllarni taʼmirlash va saqlash uchun zarur mablagʼlarni investitsiya qilish, yoʼllarni saqlash boʼyicha va bu transport harajatlari va yoʼl harakati foydalanuvchilarining yoʼqotishlarini bir necha baravar kamaytiradi.
Ushbu masalalarni toʼliq oʼrganish uchun yoʼllarning ekspluatatsion holatiga qarab quyidagi koʼrsatkichlarni batafsil oʼrganish kerak:
- atrof-muhitga salbiy taʼsir koʼrsatishi bilan bogʼliq yoʼqotishlar (havo va tuproq ifloslanishi);
- inson sogʼligʼining yomonlashishi bilan bogʼliq zararlar (shovqin, tebranish);
- qulaylikning yomonlashishi sababli yoʼqotishlar;
- harakatlanishda vaqt yoʼqotish;
- transport xarajatlari;
- yoʼl-transport hodisalarida yoʼqotishlar.
Yoʼl tashkilotining ekspluatatsion harajatlari quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
- yoʼllarni saqlash harajatlari;
- yoʼllarni joriy ta’mirlash harajatlari;
- avtomobil yoʼllarini jihozlash va koʼkalamzorlashtirish harajatlari.
Shu sababli avtomobil yoʼllarining samarali ishlashi uchun texnologiyalarni ishlab chiqish va yoʼllarning transport-ekspluatatsiya sifatlarini yaxshilashning ilmiy asoslari dolzarb vazifadir.

Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling