Avzu: Biznes tsikllari


Download 103.5 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi103.5 Kb.
#1029964
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznes tsikllari

Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik huquqi - tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va u bilan bog‘liq munosabatlarda davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisidan iboratdir.
Demak, tadbirkorlik huquqi o‘ziga xos muayyan munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi huquq sohasi-mi?
Unda, tadbirkorlik huquqining huquq tizimida tutgan urniga to‘xtalib o‘taylik. Tadbirkorlik huquqi ham boshqa huquq sohalari kabi: birinchidan, huquqning mustaqil sohasi; ikkinchidan, qonunchilik tarmog‘‘i; uchinchidan, fan sohasi; to‘rtinchidan, o‘quv predmeti hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqi - huquq tarmog‘i sifatida tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatidan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yig‘indisidan iborat.
Tadbirkorlik huquqining predmetini tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy, ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish (gorizontal), subyektning ichki tuzilmalari o‘rtasidagi (vyertikal), davlatning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga umumiy rahbarligi bilan bog‘liq munosabatlar tashkil etadi.


2. Biznes huquqining boshqa huquqiy fanlardan farqi
Tadbirkorlik huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi Tadbirkorlik huquqining boshqa huquq sohalaridan, jumladan fuqarolik, ma’muriy, moliya, mehnat va boshqa huquq sohalari bilan farqlanadi.
Avvalo, fuqarolik huquqi fani mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan, tadbirkorlik (biznes) huquqi esa tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi gorizontal va vyertikal, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilishi bilan bog‘liq munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.
Tadbirkorlik huquqi subyektlar o‘rtasidagi tadbirkorlik- huquqiy munosabatlarni tartibga solsa, mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib qoidalarini, ish rejimini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy huquqning predmeti ma’muriyatning buyruq hamda ijro faoliyati bilan, ya’ni xokimiyat va itoat etish, bir biriga bo‘ysinish sohasidagi faoliyat bilan bog‘liq munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va mansabdor shaxslarga o‘z direktivalari orqali ta’sir etish, boshqarish, idora etish kabi xokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Tadbirkorlik - huquqiy munosabatlarda esa ma’muriy bo‘ysinish faoliyatlari kam uchraydi.
Misol uchun, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlatning umumiy rahbarligi, ya’ni davlat nazorati, solitslar bilan ta’sir etish, tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro ichki tuzilmalari o‘rtasidagi munosabatlar.
Moliya huquqining predmetini moliya byudjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog‘liq munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi.



Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling