Ax-11-20 guruh talabasining


Mamlakatimizda ochiq kalitlarni ro'yxatga olish markazlari va ularning


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1568043
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
1-Mustaqil ish L Dilmurodov Kriptografiya(2)

4. Mamlakatimizda ochiq kalitlarni ro'yxatga olish markazlari va ularning 
vazifalari 
Reja: 
1. ERI(elektron raqamli imzo) haqidagi qununlar
2. Ochiq kalitlarni vazifalari
3. Mamlakatimizda ochiq kalitlarni ro’yhatga olish markazlari va ularning vazifalari 
 
 


Elektron raqamli imzo to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining qonuni. 
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II-sonli «Elektron rakamli 
imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan. 
elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik 
o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron 
hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini 
imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi; 
elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish 
natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida 
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo 
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; 
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum 
bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratish uchun mo‘ljallangan 
belgilar ketma-ketligi; 
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo yopiq kalitiga mos keluvchi, 
axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron 
hujjatdagi elektron raqamli imzo kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan 
belgilar ketma-ketligi; 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling