Ax-11-20 guruh talabasining


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1568043
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-Mustaqil ish L Dilmurodov Kriptografiya(2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
20- 
modda. Muhr o‘rnida ishlatish 
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‘oz 
hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq 
ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki 
elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan 
tasdiqlanishi mumkin. 
Izoh: ERIdan qonunxujjatlari uchun, o’z muhri o’rnida foydalanishi mumkin. Bu 
faqat ERI ning yopiq kalit egasining muxri bilan teng kuchli xisoblanadi. 
21- 
modda. Nizolarni hal etish 
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
Izoh: ERIdan foydalanishda nizolar yoki tushunmovchiliklar kelib chiqadigan 
bo’lsa bu muammolarni bartaraf etish uchun qonun hujjatlarida keltirilgan 
qonunlarsan foydalaniladi. 
22- 
modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 
javobgarlik 
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor 
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 
Izoh: ERIdan foydalanish tartibi buzilganda, eybdor deb topilgan shxs qonun 
xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. 
Nosimmetrik kriptotizim ikki kalitli tizim bo‘lib, unda aloqa 
ishtirokchilarining har biri o‘zining shaxsiy maxfiy va ochiq kalitlari juftiga ega 
bo‘lib o‘z ochiq kalitini boshqa aloqa ishtirokchilariga e’lon qiladi. Shaxsiy yopiq 
kalit qabul qilinadigan axborot pinhonligini ta’minlash uchun yaratilganda shifrni 
ochish kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Bunda kimga pinhona axborot jo‘natiladigan 
bo‘lsa shuning ochiq kalitidan foydalanib shifrlangan axborot jo‘natiladi. Bunday 
axborotning shifrini faqat yagona yopiq kalit egasigina ocha oladi. Agar maxfiy 
kalit autentifikatsiya maqsadida jo‘natmalarga raqamli imzo bosish uchun hosil 
qilingan bo‘lsa, u shifrlash kaliti sifatida foydalaniladi. Ochiq kalit esa yuqoridagi 
birinchi holda shifrlash kaliti bo‘lib, ikkinchi holda shifrni ochish (tekshirib 
ko‘rish) kaliti bo‘lib xizmat qiladi. 
Nosimmetrik kriptotizimlar asoslari simmetrik tizimlarda yechilmay qolgan 
kalit tarqatish va raqamli imzo muammolarining yechimini izlash yo‘llarida 
Massachuset texnologiya institutida U.Diffi (W.Diffie) va uning ilmiy rahbari 
M.Xellman (M.E.Hellman) tomonidan 1975 yilda taklif etilgan. 
1977 yili shu tamoyil asosida o‘sha institutda R.Rivest, A.Shamir, L.Adlman 
(R.Rivest, A.Shamir, L.Adleman) tomonidan RSA algoritmi ishlab chiqildi. 


Keyinchalik elliptik va sh.o‘. bir tomonlama oson hisoblanadigan funksiyalar 
asosiga qurilgan boshqa algoritmlar yaratildi. 
Nosimmetrik kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarga nisbatan o‘nlab 
marta ko‘proq axborot miqdoriga ega (512, 1024, 2048, 4096 bitli) kalitlardan 
foydalanadi va shunga ko‘ra yuzlab marta sekinroq ishlaydi. Nosimmetrik 
kriptotizimlarning matematik asosida bir tomonlama oson hisoblanadigan 
funksiyalar (darajaga oshirish, elliptik funksiya, rekursiya) yotadi. 
Yashirin 
yo‘lli 
birtomonlama 
funksiyalardan 
foydalanilganda 
almashiladigan axborotlarni uzatish va raqamli imzo asosida autentifikatsiya 
muammosini yechish ham oson hal bo‘ladi. Bunday qulay funksiya turini birinchi 
bo‘lib RSA algoritmining mualliflari taklif etishgan. Unda oshkora modul ikki tub 
sonning ko‘paytmasi bo‘lib, ko‘paytuvchilar sir tutiladi. Ko‘paytuvchilardan bitta 
kam sonlar ko‘paytmasi ikkinchi (mahfiy) modul bo‘lib, u ham sir tutiladi. 
Mahfiy modulga nisbatan o‘zaro teskari ikki sondan biri shaxsiy ochiq kalit, 
ikkinchisi shaxsiy yopiq kalit deb qabul qilinadi. Shu shaxsga yo‘llaniladigan 
axborot bloklari uning ochiq kalitida shifrlanib (modul bo‘yicha ochiq kalitga teng 
darajaga oshirib) jo‘natiladi. 
Qabul qilib olingan axborot bloklari shifri shu shaxsning shaxsiy yopiq 
kalitida (modul bo‘yicha yopiq kalitga teng darajaga oshirib) ochiladi. 
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda 
2014-yil 5-mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun fuqarolarning axborot olishga oid 
konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini mustahkamladi. Shuningdek, mazkur 
huquqiy hujjat axborotni, avvalo, fuqarolarning bevosita huquq va yerkinliklari 
hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish mexanizmlarini 
aniq belgilab berdi. «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonun 2015-yil 9-dekabrda 
qabul qilingan. Ushbu huquqiy hujjat davlat organlari faoliyatining samaradorligini 
yanada oshirishga, aholiga, jismoniy va yuridik shaxslarga AKT keng foydalanish 
orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. 
Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solishdan iborat. Qonunda elektron hukumat, davlat xizmati, so‘rov, ariza 
beruvchi, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron hukumatning yagona 
identifikatorlari, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron davlat xizmati 
kabi tushunchalarga ta’riflar berilgan. Qonun elektron hukumat faoliyatini tashkil 
etishning davlat organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi, da’vo qiluvchilarning 
elektron davlat xizmatlaridan teng foydalanishi, axborot xavfsizligini ta’minlash 


kabi prinsiplarini mustahkamlaydi. Hujjat shu jumladan, «bir darcha» prinsipi 
asosida elektron hujjat almashish imkoniyatlarini kengaytiradi, aholi va 
tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro aloqaning samarali mexanizmlarini yaratishni, 
elektron davlat xaridlari tizimini rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat 
xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot 
resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashi shartligi belgilangan. Elektron 
hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat 
organlari amalga oshirishi ko‘rsatilgan va ularning elektron hukumat sohasidagi 
vakolatlari keltirilgan. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovga va 
so‘rala yotgan elektron davlat xizmati bo‘yicha beriladigan javobga doir talablar 
belgilangan. 
Elektron hukumat infratuzilmasi: 
Markaziy ma’lumotlar bazalaridan; 
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan; 
Davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning 
majmualaridan; 
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portalidan; 
Ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish 
tarmog‘idan iboratligi ko‘rsatilgan. 
Respublikamizda 2005 yildan boshlab davlat bilan fuqarolar o‘zaro 
hamkorligini amalga oshirishni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadlarida elektron 
raqamli imzo (ERI) milliy infratuzilmasi yaratildi. Olib borilgan choratadbirlar 
natijasida ERI kalit va kalitlar sertifikati soni 01.01.2017 holatiga ko‘ra 1626,1 
birlikni tashkil etdi va bu tizim uzluksiz takomillashtirilib borilmoqda. Elektron 
hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘ozli tashuvchidagi hujjatda qo‘lda qo‘yilgan 
imzo bilan bir hil huquqga ega bo‘lib, elektron hujjatni imzolovchi shaxsni aniqlash 
uchun ishlab chiqilgan. 
Elektron raqamli imzo elektron shakldagi fuqarolik ishlari bitimlarini amalga 
oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, davlat funksiyalarini ijro etishda, turli 
yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. 
Bugungi kunda barqaror taraqqiyotga erishishda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini uzluksiz takomillashtirib borish jahon hamjamiyati tomonidan 


tan olingan jarayondir. Ma’lumotlarga qaraganda, 2017-yilxolati bo’yicha jahon 
miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasining ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, va bu raqamlar yildan- 
yilga o’sib bormoqda. AKT taraqqiyoti har qanday mamlakatning nufuzi va 
raqobatdoshlik darajasini oshirib, boshqaruvni strategik darajada tashkil etish 
uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining demokratik 
rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlar qatorida tengma-teng yurishida hamda 
fuqarolar dunyoqarashini o‘zgartirishda muhim ahamiyat kasb etib, yangicha 
tafakkurga yo‘l ochadi. 
Elektron hukumat o‘zaro munosabat shakllari Elektron hukumat tizimi 
fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo‘mitalar, tashkilotlar
umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda 
muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi. 
Tarixdan ma’lumki, bunday vaziyatlar odatda yangi texnika-iqtisodiy 
to‘lqinning yuqori bosqichida paydo bo‘ladi va rivojlana borib, tadqiqot 
tashkilotlari, innovatsion kompaniyalar yangi tarmoqlar chegarasidan tashqariga 
chiqa boshlaydi, iqtisodiyotnng an’anaviy sohalari va oxir-oqibat jamiyat va davlat 
institutlarini qamrab oladi. 
E-KALIT katta boʼlmagan gabaritlarga ega USB-brelok boʼlib, 
foydalanuvchining shaxsiy kriptografik parametrlarini muhofazalangan ishonchli 
muhitda saqlanishini taʼminlaydi. 
E-KALIT quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

elektron raqamli imzoning shaxsiy parametrlari, ERI yopiq kalitlari, 
xeshlash kalitlari, shifrlash kalitlari, shuningdek ochiq parametrlarni (masalan, 
ochiq kalitlar sertifikati); 

identifikatsion maʼlumotlar (login va parolь)ni bilish asosida qurilma 
xotirasi tarkibidan foydalanish uchun foydalanuvchini xavfsiz avtorizatsiya qilish; 

berilgan marta parollarni tanlashga urinishda qurilma xotirasidan foydalana 
olishni blokirovka qilish; 

shaxsiy kompьyuter tomonidan soʼrov berilganida elektron raqamli imzo 
ochiq kalitining sertifikatini berish; 

foydalanuvchining shaxsiy kompьyuterdagi kriptografik kalitlari va 
sertifikatlarini yuklash (masalan, ERI kalitlarini roʼyxatga olish markazining 
dasturidan); 



tasodifiy sonni xeshlash asosida foydalanuvchining identifikatsion 
maʼlumotlarini qurilmaga xavfsiz uzatish. 
Qurilma va shaxsiy kompьyuter oʼrtasida axborot bilan almashuv maxsus 
kriptografik protokol boʼyicha amalga oshiriladi, bu USB shinasi ushlab olingan 
holda foydalanuvchining kriptografik kalitlari va identifikatsion maʼlumotlaridan 
ruxsatsiz foydalana olish imkoniyatini istisno etadi. Qurilma bilan komplektda 
Windows XP operatsion tizimi uchun maxsus drayver yetkazib beriladi. 
Raqamli imzo kalitlar quyidagilar uchun moʼljallangan: 

elektron hujjatlar va axborot resurslarining yaxlitligini nazorat qilish; 
-axborot 
tizimlari 
va 
axborot 
resurslariga 
kirishning 
ishonchli 
autentifikatsiyasi; 
-axborot almashinuv subʼektlarining qonuniy jihatdan muhim elektron 
identifikatsiyasi; 
-axborot 
tizimlari 
va 
axborot 
resurslariga 
kirishning 
ishonchli 
autentifikatsiyasi; 
axborot almashinuv subʼektlarini qonuniy jihatdan ahamiyatli elektron 
identifikatsiya qilish; 
«UNICON.UZ» DUK elektron imzo kalitini roʼyxatga olish markazining 
elektron imzo kalitlari sertifikatlari ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro 
tavsiyalariga mos keladi. 
Davlat boshqaruvida (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
davlat organlari va tashkilotlari) shakllangan Qaror, Farmonlar, buyruqlar, 
jismoniy shaxslar murojaatlari va boshqa hujjatlarning operativ monitoringi va 
bajarilish nazoratini amalga oshiradi; 
Ijrochilar tomonidan taqsimlangan holda hujjat ijrosining holati toʼgʼrisida 
tezkor hisobotlarni tuzish; 

idoralararo elektron hujjat aylanishida qatnashuvchilarning oʼzaro 
taʼsirini kamaytirish; 

hukumat topshiriq va Qarorlarini bajarilishining samaradorligini oshirish; 


 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling