Axborot-boshqarish tizimlarni yechishning matematik apparatlarini real ob’ektlarda qo‘llanilishi. Reja: Iqtisodiy axborot tizimi. Iqtisodiy tizimlarni o’rganishda tizimli yondashuv
Iqtisodiy obьektni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Download 28.7 Kb.
|
tizimlar nazariyasi haqiqiy
2. Iqtisodiy obьektni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Tashkiliy tizim – boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag’batlantirish qoidalari mezonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar yig’indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o’ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob’ekti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, tsex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob’ektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog’idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo’ysindirilgan. Boshqaruv organi ob’ektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo’lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo’ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Axborot tizimi tegishli iqtisodiy ob’ektlar (ob’ektlar)da faoliyat ko’rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun iqtisodiy ob’ektlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, iqtisodiy ob’ektni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. 59 Boshqaruv tizimini ko’rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko’rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (4.2-rasm). Ushbu har bir darajalarning o’z vazifalari bo’lib ularni hal etishda axborotga bo’lgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. SHunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorn-i qabul qilish uchun asos bo’luvchi axborot paydo bo’ladi. Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari Boshqarish - deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob’ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir bunday ob’ekt o’zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob’ektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo’ladi va o’zaro ta’sirning mavjudligini hamda o’z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko’plab turli elementlardan tashkil topadi. Iqtisodiy ob’ekt – bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o’z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy ob’ektning muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida turli xil o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar bir-birigi o’ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo’lishi mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy ob’ektning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni iqtisodiy ob’ektning emirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, iqtisodiy ob’ekt va muhit o’rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo’lishi mumkin, shu tufayli iqtisodiy ob’ekt bir qancha muddat o’zgarmay qoladi yoki faqat teskari o’zgarishlarga uchraydi. Ob’ektda bu o’zgarishlar boshqarish zururiyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish muhim funktsiya bo’lib, usiz hech bir iqtisodiy ob’ekt maqsadga yo’naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida ob’etni saqlab qolish, ko’proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob’ektlarning o’ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog’liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob’ektni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi. Iqtisodiy ob’ektni tizim sifatida ko’radigan bo’lsak, u quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’ladi. 1. Boshqaruvchi sub’ekt 2. Boshqariluvchi ob’ekt Bu elementlar o’rtasidagi aloqa xam katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ob’ekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo’linmalari kiradi (direktor, bo’lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar boshqaruvchi sub’ektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga yo’naltirilsa, bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko’rsatmalar qarorlar misol bo’lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga yo’naltirilsa, «teskari aloqa» deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo’la oladi. 4.4-rasmda boshqaruvning kibernetik modeli keltirilgan. 62 Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan. SHundan kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o’rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko’rib chiqish mumkin. Boshqarish jarayonida to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o’rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo’yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to’g’ri kanali bo’yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo’natadi. Teskari aloqa kanali bo’yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi. Download 28.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling